Home / YANGILIKLAR / “Keralada Imom Buxoriy merosiga ehtirom beqiyos”

“Keralada Imom Buxoriy merosiga ehtirom beqiyos”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

👤 Said MUHAMMAD – Hindistondagi Kalkutta universiteti tadqiqotchisi:

“Keralada Imom Buxoriy merosiga ehtirom beqiyos”

Hindistonning Kerala shtatida «Sahihul Buxoriy» hadis ilmining eng nufuzli va asosiy manbalaridan biri sifatida yuksak qadrlanadi. Asar madrasalar va oliy islom taʼlim muassasalarida muntazam oʻqitilib, diniy taʼlim tizimining muhim qismiga aylangan.

Jumladan, “Dorul huda” islom universiteti va “Saqofati sunniyya” markazi kabi nufuzli taʼlim muassasalarida «Sahihul Buxoriy» hadis, fiqh va aqida fanlarining asosiy manbalaridan biri sifatida chuqur oʻrganiladi. Talabalar bu asardan ilmiy tadqiqotlarida ham keng foydalanadi.

Shuningdek, «Sahihul Buxoriy» ilmiy konferensiyalar, seminarlar va maʼrifiy tadbirlarda muhim oʻrin tutib, Kerala musulmonlarining diniy-maʼrifiy hayoti va hadis ilmining rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Bu holat Imom Buxoriy hazratlarining boy ilmiy merosi Kerala musulmon jamiyatida bugun ham yuksak ehtirom bilan qadrlanayotgani va avloddan avlodga uzluksiz oʻtib kelayotganini yaqqol namoyon etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

““Al-Jomeʼ as-sahih” – insoniyat maʼnaviy merosining bebaho durdonasi”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! Nuriddin XOLIQNAZAR – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy: ““Al-Jomeʼ as-sahih” – …