Home / VIDЕOLAR / “OʻZBEKISTON — OʻZ TARIXIY MEROSIGA EGA, HAYRATDA QOLDIRADIGAN JUDA GOʻZAL VA OZODA DIYOR!”

“OʻZBEKISTON — OʻZ TARIXIY MEROSIGA EGA, HAYRATDA QOLDIRADIGAN JUDA GOʻZAL VA OZODA DIYOR!”

Mustafo Alagoʻzoʻgʻli – Imom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori,
Dijla universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti (Turkiya):

Oʻzbekistonga ilk bor oʻtgan yili kelgandim. Oʻshandayoq qisqa vaqt ichida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarini ziyorat qilib, bu yurt men kutgandan ham ancha goʻzal va maftunkor ekaniga guvoh boʻlganman.

Bu gal ham yurtingiz jamoli ijtimoiy tarmoqlar orqali koʻrganimiz yoki tasavvur qilganimizdan-da goʻzal ekaniga iqror boʻlib turibman. Mamlakatdagi tarixiy obidalar, muhtasham masjidlar, xususan, dunyoga mashhur Registon maydoni va boshqa qadamjolarning yuksak mahobati insonni lol qoldiradi va oʻziga mahliyo etadi.

Oʻzbekistonda eʼtiborimni tortgan jihatlardan biri — hududdagi meʼmoriy obidalar, ayniqsa, maqbara va ziyoratgohlarning davlat darajasida yuksak hassoslik bilan asrab-avaylanayotganidir. Bu yerdagi naqshinkor koshinlar va qadimiy devorlardan taralayotgan tarixiy ruh yaqqol sezilib turadi. Obidalarning juda yaxshi saqlangani bu zaminda haqiqiy buyuk tarix mujassamligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, yurtingizda tozalik va ozodalikka juda jiddiy yondashilarkan. Dunyoning baʼzi davlatlarida bu borada muayyan kamchiliklar koʻzga tashlansa, Oʻzbekistonda bu masalaga qaratilayotgan eʼtibor va xalqning yuksak madaniyati oʻzaro uygʻunlik kasb etgani darrov seziladi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston — oʻz tarixiy merosiga ega chiqqan, nihoyatda goʻzal va ozoda diyor!

Tas-ix:

Check Also

DINIY ERKINLIK CHEKLANAYOTGANI HAQIDA ASOSSIZ DA’VOLAR VA VOQELIKDAGI HAQIQATLAR. 3-qism.

Tas-ix: