Home / VIDЕOLAR / “ALLOMANING ENG NODIR QOʻLYOZMALARI AYNAN SHU ZAMINDA SAQLANMOQDA”

“ALLOMANING ENG NODIR QOʻLYOZMALARI AYNAN SHU ZAMINDA SAQLANMOQDA”

Mustafo AlagoʻzoʻgʻliImom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori,

Dijla universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti (Turkiya):

ALLOMANING ENG NODIR QOʻLYOZMALARI AYNAN SHU ZAMINDA SAQLANMOQDA

Xoʻja Muhammad Porsoning “Al-Fosilul xitob” (“Al-Fusul as-sitta”) asari misolida hadis va sunnat tushunchasini oʻrganish ilmiy tadqiqotlarim asosini tashkil etadi. Ushbu alloma merosi yuzasidan Turkiyada ham ayrim ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan, biroq uning hadis va sunnatga oid qarashlari haligacha tizimli ravishda tadqiq etilmagan, bu borada maxsus ilmiy ishlar deyarli olib borilmagan. Shuningdek, asarning qoʻlyozma nusxalari ham matnshunoslik nuqtai nazaridan toʻliq tahqiq qilinmagan.

Garchi Turkiyada mazkur asarning ayrim qoʻlyozma nusxalari mavjud boʻlsa-da, kuzatishlarimga koʻra, Xoʻja Muhammad Porso merosining asosiy va nodir qoʻlyozmalari aynan Oʻzbekistonda, xususan, Toshkent va boshqa shaharlardagi boy kutubxona hamda qoʻlyozmalar fondlarida saqlanmoqda. Men bu yurtga aynan shu maqsadda — alloma merosini chuqurroq oʻrganish va manbalar ustida bevosita ishlash uchun keldim.

Bu borada Markazingiz jamoasi hozirdanoq menga yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik ila har bir murojaatimga yechim topib, ilmiy izlanishlarim uchun barcha zarur sharoitlar yaratmoqda. Shu bois, avvalo, Markaz rahbariyati va jonkuyar xodimlariga, shuningdek, xorijlik tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar yaratayotgan Oʻzbekiston davlatiga oʻz nomimdan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Xalqaro stipendiya dasturi yakuniga yetgach, ikki oydan soʻng yurtimga qaytib, nasib etsa, bu yerdagi ilmiy izlanishlarim va orttirgan boy taassurotlarim asosida Xoʻja Muhammad Porso merosiga bagʻishlangan munosib tadqiqot ishini ilm ahliga taqdim qilish niyatidaman. Umid qilamanki, ushbu ezgu maqsadimga toʻliq erishaman.

Tas-ix:

Check Also

“MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHADAGI YANGI KITOBLAR — E’TIQODIMIZ SOFLIGINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI”

Tas-ix: