Home / FOTO LAVHALAR / Markazda navbatdagi yana bir nufuzli xalqaro anjuman boshlandi!

Markazda navbatdagi yana bir nufuzli xalqaro anjuman boshlandi!

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Xalqaro akademik hadis tarixi anjumanlari» loyihasi doirasida «Imom Buxoriyni qayta kashf etish» mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur yirik ilmiy forumda mamlakatimiz va Turkiyaning yetakchi olimlari, islomshunoslar hamda soha mutaxassislari jam bo‘ldi.

Hozirgina boshlangan ochilish marosimida:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, dotsent Otabek Muhammadiyev; Anqara universiteti professori Irfan Ayjan, Hadis tarixi jamiyati rahbari Mehmet Emin O‘zafshar va boshqa martabali mehmonlar ishtirokchilarni qutladi.

Anjuman davomida «Sahihul Buxoriy»ning tarixiy konteksti, nodir qo‘lyozma nusxalari va uning jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid yangi tadqiqotlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

MARKAZDA “YOSHLAR BILAN BIR KUN”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yoshlar bilan ochiq muloqot, tajribani oʻrtoqlashish va ustoz-shogird anʼanalarini mustahkamlashga …