Bismillahir rohmanir rohiym.
Avvalo, ushbu muborak zaminda qad rostlagan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻlib turganimdan nihoyatda mamnunligimni izhor etmoqchiman. Bu muassasa nafaqat Oʻzbekiston, balki butun islom olami uchun ilm-maʼrifat taratuvchi chinakam ziyo maskanidir.
Yurtingizda Imom Buxoriy va movarounnahrlik boshqa ulamolarning boy ilmiy merosini asrab-avaylash va tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Bu yerdagi ilmiy izlanishlarim asosan mintaqa muhaddislaridan qolgan nodir qoʻlyozmalarni oʻrganishga qaratilgan. Maqsad – Movarounnahr hadis maktabining islom sivilizatsiyasi tamaddunidagi oʻrnini teran tahlil qilish va ahamiyatini dunyo ahliga yanada kengroq yoritib berish.
Markaz boy axborot-resurs bazasiga egaligi, ayniqsa, birlamchi manbalar va qoʻlyozmalar fondining mazmunan keng koʻlami va rang-barangligi bizdek tadqiqotchilar uchun beqiyos imkoniyatdir. Yaratilgan bunday yuksak ilmiy muhit izlanishlarimiz mazmunini boyitishga xizmat qiladi. Tadqiqotim orqali Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asaridagi yuksak insoniy gʻoyalarni zamonaviy ilm-fan nuqtayi nazaridan talqin etishni niyat qilganmiz.
Tavoze va samimiyat bilan kutib olgan Markaz rahbariyati va jamoasiga sof islom taʼlimotini yoyish yoʻlidagi xayrli ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Alloh taolo barchamizning ilmiy izlanishlarimizni ummat uchun manfaatli qilsin!
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





