Home / MAQOLALAR / “ISLOMNING EZGU QADRIYATLARINI DUNYOGA TARGʻIB QILISH – USTUVOR VAZIFA”

“ISLOMNING EZGU QADRIYATLARINI DUNYOGA TARGʻIB QILISH – USTUVOR VAZIFA”

– Faoliyatimizning bosh mezoni muqaddas Qurʼoni karimning Hujurot surasi 13-oyatiga asoslanadi. Unda Parvardigorimiz insonlar bir-birini bilishi va tanishi uchun bizni turli millat va elatlar qilib yaratganini bayon qilgan. Bizning maqsadimiz ham aynan shu – diniy va madaniy diplomatiya orqali insonlar oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hurmat muhitini yaratishdir.

Imom Buxoriy hazratlarining huzurida, u kishining nomi bilan atalgan ushbu xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida, Hadis ilmi maktabida mehmon boʻlib turganimdan gʻoyat mamnunman. Bu muazzam majmua nafaqat tolibi ilm, balki islom sivilizatsiyasining dunyo ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan hissasi bilan qiziqqan har bir inson uchun muhim ziyo maskanidir. Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy va boshqa buyuk allomalarimiz Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng sahih hadislarini bizga yetkazish orqali islom dinining asl mohiyatini saqlab qoldi. Ularning merosi bizga nafaqat diniy bilimlarni, balki insoniyat uchun foydali boʻlgan har qanday ilmni oʻrganish, bagʻrikenglik va oʻzgalarning qarashlarini hurmat qilishni oʻrgatadi.

Islom – bu doimiy izlanish va maʼnaviy sayohatdir. Barchamiz Odam Ato va Havvo onamizning farzandlari sifatida yirik umuminsoniy oilaning aʼzolarimiz. Dunyoqarashimiz va ibodatlarimiz shakllari turlicha boʻlishi mumkin, biroq tinchlik va totuvlikda yashash, oʻzaro aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlik – Fondimiz uchun katta sharaf. Biz nafaqat oʻzbekistonlik talabalarni AQSH, Yevropa va boshqa mintaqalardagi taʼlim dasturlarimizdagi ishtirokiga guvoh boʻlishdan, balki boy ilmiy merosni oʻrganish uchun xorijlik talabalarimizni ushbu muqaddas zaminga olib kelishdan juda mamnun boʻlgan boʻlar edik. Bu hamkorlik islom qadriyatlarini xalqaro miqyosda toʻgʻri talqin qilish va sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonaman.

Tas-ix:

Check Also

JAMIYAT TARAQQIYOTINING POYDEVORI – HALOLLIK

Hayotda halollik oʻta muhim oʻrin tutadi. U inson umri xotirjam, osoyishta va farovon oʻtishiga garovdir, …