Bugun, 27-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganiga 9 yil toʻldi.
Oʻtgan vaqt davomida Markaz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham islom ilmlari, maʼnaviy meros va ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida oʻz oʻrni va maqomini mustahkamlab, mamlakatimizning ilmiy-maʼnaviy nufuzini mustahkamlashga baholi qudrat hissa qoʻshib kelmoqda. Bu yillar davomida buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa allomalarimiz merosini chuqur oʻrganish, keng jamoatchilikka yetkazish, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va yosh avlodni maʼrifat ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu davr mobaynida koʻplab ilmiy seminar va simpoziumlar, xalqaro konferensiyalar, koʻrgazmalar, nashrlar taqdimotlari, turli forumlar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Bu Markazning nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi.
9 yil – bu tarix uchun qisqa, ammo faoliyat samaradorligini namoyon etish uchun yetarli davrdir. Eng muhimi, bu yillar davomida toʻplangan tajriba, yaratilgan ilmiy maktab va shakllangan anʼanalar kelgusida yanada yuksak natijalarga zamin yaratishiga shubha yoʻq.
Markaz jamoasini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Ilmiy izlanishlar, maʼnaviy xizmat va ezgu tashabbuslar yoʻlidagi faoliyatingiz bardavom boʻlsin!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





