Home / MAQOLALAR / MISLSIZ, ILOHIY, MODDIY NEʼMAT

MISLSIZ, ILOHIY, MODDIY NEʼMAT

MISLSIZ (!) ILOHIY (!) MODDIY NEʼMAT

Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar!

Zero U isrof qilguvchilarni sevmas!”

(Qurʼoni karim. Aʼrof surasi 7/31 oyat).

Oʻzi nazar qilgan, Oʻzi oʻzgacha nazar qilgan mana shu jannatmakon diyorni Alloh taolo Oʻz Ilohiy nazari va Ilohiy rahmati ila boqib, ushbu muqaddas zaminimizni insonning aqli ojizlik qiladigan koʻpgina behisob neʼmatlar bilan neʼmatlantirib qoʻygan… Aynan bizning jannatmakon yurtimizga, muqaddas zaminimizga, Xudo nazar qilgan diyorimizga, jonajon Oʻzbekistonimizga Alloh taboraka va taolodan ato etilgan bunday neʼmatlarni nafaqat inson zoti, balki hech qanday, hatto oxirgi modeldagi yangi chiqqan eng zamonaviy kompyuter ham sanab sanogʻiga yeta olmaydi!

Bunday behisob va bebaho, aziz va buyuk, mislsiz va beqiyos, tengi yoʻq moddiy va maʼnaviy neʼmatlar ichida bittasi bu – “suv” deb atalmish ILOHIY (!) moddiy (!) neʼmat.

22 MART – BUTUNJAHON SUV KUNI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan

1993 yilda № A/RES/47/193-sonli Qarori bilan taʼsis etilgan.

BMTning rasmiy tillarida:

World Day for Water (ingliz),

اليوم العالمي للمياه (arab),

Día Mundial del Agua (ispan),

世界水日 (xitoy),

Vsemirnыy den vodnыx resursov (rus),

Journée mondiale de lʻeau (fransuz).

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets texnologiya instituti olimlari boshqa sayyoralarda hayot mavjudligi uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan suvga muqobil erituvchilarni koʻrib chiqdilar. Tadqiqot natijalariga koʻra, faqat suv hayot uchun yagona mos asos boʻlib chiqdi. Tadqiqotchilar koinotda suv bilan bir xil rol oʻynashi mumkin boʻlgan, muhim oziq moddalarni eritib, ularni tirik organizmlar uchun mavjud qiladigan boshqa molekulalar bor-yoʻqligini koʻrib chiqdilar. Bunday moddalar toʻrtta mezonga javob berishi kerak: faqat baʼzi molekulalarni eritib yuboradi (lekin hammasi emas), metabolizmda muhim rol oʻynaydi, murakkab organik molekulalarning keng doirasini yoʻq qilmaydi va toshli sayyoralarda milliardlab yillar davomida mavjud. Ilmiy tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, barcha maʼlum erituvchilar orasida suv bu shartlarni qondiradigan yagona moddadir.

Shunday beqiyos, betakror va moʻjizaviy neʼmat – suv neʼmati aynan bizning yurtimizda ham serob ekanligi ham – bu Yaratganning aynan bizning yurtimizga oʻzgacha Ilohiy nazari bilan boqqani! Yer yuzining boshqa joylariga nisbatan Alloh taolo aynan bizni yurtimizga oʻzgacha nazari bilan, oʻzgacha rahmat nazari bilan boqqanini yaqqol belgisi, dalili, isboti va namunasi! Buni onglab tushunib yetish uchun maxsus ilm dargohlarida, katta-katta institutlarda yoki islom universitetlarida oʻqib, taʼlim olish shart emas! Bu – osmondagi Oy va Quyoshday butun insoniyatga maʼlum va mashhur boʻlgani kabi, dunyo xalqi uchun ochiq-oydin xaqiqatligi hammaga ayon!

Demak, suv – Xudoi taoloning bandalariga beradigan bu olamidagi moʻjizaviy neʼmatlaridan biri! Allox taoloning shu moʻjizaviy neʼmatlari ichida eng kattalaridan va eng manfaatlilaridan biri!

ENSIKLOPЕDIK MANBALARDA quyidagi maʼlumotlar bitilgan:

 Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~ 1.460 × 1015 kg).

 Agar sayyoradagi barcha suvlarning foizini hisoblasak: 97,54 % okeanlar; 1,81 % muzliklar; 0,63 % yer osti suvlari; 0,009 % daryolar va koʻllar; 0,007 % qitʼalardagi shoʻr suv; 0,001 % atmosferadagi suvdir. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.

 Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda hayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega.

 Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera – okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli poʻsti 1,4-1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferada gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1-1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13-15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi.

 Olimlar quyidagilarni ajratadilar: “qattiq” – muz, “suyuq” – suv, “gazsimon” – suv bugʻlari. Yerdagi suv uchta asosiy holatda mavjud boʻlishi mumkin: “qattiq”, “suyuqlik”, “gazsimon”. Suv bir vaqtning oʻzida birga yashashi va bir-biri bilan oʻzaro taʼsir qilishi mumkin boʻlgan turli shakllarni olishi mumkin: osmondagi suv bugʻlari va bulutlar; dengiz suvi va aysberglar; Yer yuzidagi muzliklar va daryolar; Yerdagi qatlamlar. Boshqa turlari: “toza suv”, “yomgʻir suvi”, “dengiz suvi”, “Yer osti suvlari”, “mineral suv”, “shoʻr suv”, “ichimlik suvi” va “musluk suvi”, “distillangan suv va deionizatsiyalangan suv”, “chiqindi suv”, “yomgʻir suvi” yoki “yer usti suvlari”, “pirogen boʻlmagan suv”, “polimerlangan suv”, “tuzilgan suv”, “erigan suv”, “oʻlik suv” va “tirik suv”.

 Sayyoramiz atmosferasida suv mayda tomchilar shaklida, bulutlar va tumanlarda, shuningdek bugʻ shaklida boʻladi. Kondensatsiya paytida u atmosferadan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor, doʻl, shudring) shaklida chiqariladi.

  Suv – yerdagi barcha tirik organizmlarning eng muhim moddasidir.

  Suv – bu hayot! Uning oʻrnini hech narsa bosa olmaydi. U tirik organizmlar uchun juda cheklangan, lekin juda muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, suv noyob xususiyatlarga ega juda qiziq moddadir, bu xususiyatlarning baʼzilari juda hayratlanarli.

USHBU SODDA VA SHU BILAN BIRGA SIRLI MODDA HAQIDA

QIZIQARLI MAʼLUMOTLAR:

SUV HAQIDA BIZ BILMAYDIGAN HAQIQATLAR:

  BMT maʼlumotlari boʻyicha, Yer sayyorasida 2,2 milliard kishining xavfsiz suv resurslaridan foydalanishga imkoni yoʻq.

 Suv sayyoramiz hududining 70 foizini qoplaydi. Shu bilan birga, ushbu miqdorning atigi 3 foizi chuchuk suv, yaʼni ichish uchun yaroqlidir. Muzliklarda joylashgani sababli uning koʻp qismini ishlatish mumkin emas.

  Suv – qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.

  Suv 42 darajaga qadar muzlamasligi mumkin. Zararli aralashmalarsiz, juda toza suv suyuq holda ushbu haroratgacha sovutilishi mumkin. Muz asosan suv tarkibida boʻlgan ifloslik zarralari atrofidagina shakllana boshlaydi.

  Suv oʻz xotirasiga ega. Vodorod aloqasi H2O molekulalarini odatda klasterlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiradi va ular oʻz navbatida klatrat (inklyuziv ulanish) larni hosil qiladi. Strukturalangan (tuzilish hosil qilgan) suv bu aniq klasterlar hosil qilgan suvdir. Suv klasterlarini har qanday taʼsirdan qayta tashkil etish mumkin boʻlganligi sababli, oʻz atrofidagi barcha maʼlumotlarni yozib qoladi. Olimlar bu taʼsirni “suv xotirasi” deb atashdi.

  Yurak salomatligi uchun yetarli miqdorda suv zarur. Kuzatishlar kuniga 6 stakan suv ichgan odamlarning yuragi 2 stakan ichgan odamlarga qaraganda sogʻlom boʻlishini koʻrsatdi.

  Inson oʻz hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.

  Dunyodagi bir milliard kishi toza suv ichish imkoniyatiga ega emas. Yerning har oltinchi kishisi kamida bir marta toʻyib suv ichishni orzu qiladi. Bizda kranni ochish orqali suv olish mumkin boʻlgan bir vaqtda, ichimlik suvi hashamat sanaladigan mintaqalar ham mavjud.

  Har bir qitʼaning ifloslanishlar sababli umuman foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolgan oʻz “oʻlik” daryosi bor. Masalan, Bangladeshdagi Ganga daryosining soʻl tarmogʻidan biri Buriganga daryosi rasman “oʻlgan” deb eʼlon qilindi. Missisipi daryosidagi koʻrfaz ham deyarli “oʻlik”dir: tozalash tizimlari mavjudligiga qaramay, unda hech qanday organizm yashamaydi. Dunyodagi eng iflos daryo – Yava orolidagi Sitarumdir.

  Kopengagendagi iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyada 2050 yilga kelib dunyo okeanlarining kislotaligi 150 foizga oshadi, bu dengiz ekotuzilmasida qaytarilmas oʻzgarishlarga olib keladi, deb aytilgan.

 Bir yil davomida bir kishi 60 tonna suvni faqat oziq-ovqat orqali isteʼmol qiladi. 1 kilogramm kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilogramm guruch olishda – 4000 litr, 1 kilogramm mol goʻshti uchun – 13 000 litr suv sarflanadi. Bitta gamburger ishlab chiqarish uchun 2400 litr suv kerak boʻladi.

  Har yil okeanlarda 260 million tonna plastik buyumlar toʻplanadi. Odamlar har kuni ikki million tonna chiqindini tabiiy suv havzalariga tashlaydi.

  Suv – inson organizmining 55-65 % (bolalarda 80 % gacha) tarkibi.

  Suv – sayyoramizda eng koʻp foydalaniladigan va kamayib borayotgan resurslardan biri.

  XXI asrda davlatlararo tahdid va urushlarga sabab boʻladigan omillardan biri.

  Oyda ham suv mavjudligi aniqlangan.

  Dunyo boʻylab iqlim migratsiyasi va muhojirlarining koʻpayishiga olib keluvchi sabablardan biri.

  Suv – sayyoradagi eng keng tarqalgan moddadir.

  Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin. Suvsiz qolgan odam eng uzogʻi 1 haftagacha yashashi mumkin.

  Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3-6 litrni tashkil etadi.

 Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi.

  Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi. Bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi.

  Odam tanasidagi barcha suyuqlik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi, lekin suvsizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi.

Ilm-fan odamlari ushbu gʻayrioddiy modda haqida ajoyib kashfiyotlar qilishda davom etadilar. Ayni paytda insoniyat, yuzlab yillar oldin boʻlgani kabi, dengiz toʻlqinlari va ertalabki shudring tomchilari manzarasidan zavqlanib, suv toshqini va momaqaldiroq paytida suv elementi oldida nafas bilan titraydi, suvning goʻzalligi va kuchiga qoyil qoladi.

SUV HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR:

  Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi.

  Inson tanasi tomonidan 10 % dan ortiq suv yoʻqotilishi oʻlimga olib kelishi mumkin.

  Suv tana uchun kisloroddan keyingi eng zarur modda hisoblanadi.

  Suv – kosmosda juda keng tarqalgan moddadir. Ammo faqat bugʻ yoki muz shaklida ifodalanadi.

  BMT prognozlariga koʻra, dunyo aholisining 2/3 qismi 2026 yilga kelib suv tanqisligiga duch keladi.

  Agar dunyodagi barcha H2O zaxiralari 4 litrli idishga sigʻsa, inson uchun mos suyuqlik miqdori 1 osh qoshiqni tashkil qiladi.

  Baʼzi sharoitlarda issiq suv sovuq suvga qaraganda tezroq muzlashi mumkin.

   Har kuni odam bir stakan suvdan bir oz koʻproq nafas chiqaradi.

  Muzlatilganda suv 9 % ga kengayadi.

  H2O ning eng yuqori foizi bodringda va meduza tanasida (taxminan 95 %).

  Suyuq shakldagi vodorod oksidi quyosh nurlarining 5 % ni, qor esa 85 % dan ortigʻini aks ettiradi.

  Dengiz suvi taxminan -2 C o daraja haroratda muzlaydi.

  Agar yer yuzasi butunlay tekis boʻlganida, dunyo okeanlari undan 3 km yuqoriga koʻtarilgan boʻlar edi.

  Sayyoramiz mantiyasidagi suv zaxiralari Jahon okeanining zaxiralaridan 10 baravar yuqori.

  Agar barcha muzliklar erib ketsa, yerning sakkizdan bir qismi suv ostida qoladi.

  Insonning oʻzi suvning uchdan ikki qismidan iborat boʻlib, uning zaxiralarini toʻldirmasdan 5 kundan ortiq yashay olmaydi.

  Yoshi bilan inson tanasidagi suv miqdori kamayadi. Goʻdaklik davrida uning ulushi 86 % ga yetishi mumkin, keksalikka kelib esa 50 % gacha kamayadi.

  Odam tana vaznining 2 foizini suvda yoʻqotganda, juda chanqaganini his qiladi. Agar 10 % gacha yoʻqotsa, gallyutsinatsiyalar boshlanadi va 12 % yoʻqotish faqat shifokor yordamida tiklanishi mumkin. Tanadagi suvning 20 % ga kamayishi yaqinda oʻlimga olib keladi.

   Eng katta miqdordagi suv hojatxonada yuvish uchun ishlatiladi.

  Suv – salomatlik, goʻzallik va uzoq umr manbai. Lekin har doim ham emas. Bu ajoyib tabiiy erituvchi boʻlgani uchun u zaharli moddalarni ham eritadi, shuning uchun u patogen bakteriyalar tashuvchisiga aylanadi. Shunday qilib, dunyodagi kasalliklarning 85 foizi suv orqali yuqadi.

  Dunyoda har 8 soniyada bir kishi yomon suv tufayli vafot etadi.

  Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, dunyo aholisining atigi 71 foizi xavfsiz suvdan foydalanish imkoniyatiga ega.

  Kamida bir milliard odam toza suv manbasidan erkin foydalana olmaydi.

  Soʻnggi 50 yil ichida dunyo boʻylab suvdan foydalanish boʻyicha 507 mojaro sodir boʻlgan, ularning 21 tasi harbiy harakatlar bilan yakunlangan.

  YUNЕSKOning 2003 yilda qayd etilgan maʼlumotlariga qaraganda, eng toza ichimlik suvi boʻyicha birinchi oʻrinni Finlyandiya, undan keyingi oʻrinlarni Kanada va Yangi Zelandiya egallaydi.

  Suv haqidagi eng hayratlanarli fakt shundaki, u – juda ham kam uchraydigan manba.

  Suv gʻayritabiiy va boshqa suyuqliklar uchun xos boʻlmagan kamida 66 xususiyatga ega.

  Qizigʻi shundaki, bir stakan suv ichib, odam taxminan 8 ta septillion molekulasini oʻzlashtiradi – bu 24 ta nolga ega raqam.

Yuqorida keltirilgan qiziqarli faktlar va ajoyib maʼlumotlar, ehtimol, suv bizni ajablantiradigan narsalarning oxirgisi emas…

BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)ning HUJJATLARI:

    02 fevral – “Dunyo boʻyicha suv-botqoqli yerlar kuni” (A/RES/75/317);

    03 mart – “Xalqaro yovvoyi tabiat kuni” (A/RES/68/205);

    21 mart – “Butunjahon muzliklar kuni” (A/RES/77/158);

    22 mart – “Butunjahon suv kuni” (A/RES/47/193);

    05 iyun – “Butunjahon atrofmuhit kuni” (A/RES/2994(XXVII);

    08 iyun – “Butunjahon okeanlar kuni” (A/RES/63/111);

    27 avgust – “Butunjahon koʻllar kuni” (A/RES/79/142);

    26 sentyabr – “Xalqaro dengiz kuni” (IMCO/C XXXVIII/21);

    28 sentyabr – “Butunjahon dengiz kuni”.

Olimlarning ilmiy tadqiqotlari va jahon statistika maʼlumotlariga koʻra, shuncha koʻp gʻayrioddiy va noyob xususiyatlarga, shuncha xil betakror va beqiyos sifatlarga ega boʻlgan yana boshqa narsa bu dunyoda yoʻq ekan! Ana! Qanday ulugʻ va beoʻxshov, xaqiqatda moʻjizaviy (!) neʼmat (!) ni Alloh taolo bizni diyorimizga behisob qilib ravo koʻrgan!

Alloh taoloning inoyati ila davlatimiz va hukumatimiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklarida jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz kamoloti, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, farzandlarimiz bizdan ham baxtliroq boʻlishlari uchun, bolalarimizni kelajagi uchun behisob-behisob, son-sanoqsiz, katta-katta savobli, xayrli va olijanob ishlar bajarilib kelinmoqda. Bu savobli ishlarga nafaqat butun dunyo hamjamiyati tan bermokda, balki Oʻzbekistondagi bu xayrli ishlarni har bir koʻzi ojiz inson ham koʻrmokda, har bir qulogʻi ogʻir odam ham eshitmoqda, har bir aqli zaif banda ham mohiyatini onglab, mazmunini tushunib, samaralarini sezib, toʻla-toʻkis his qilmoqda.

“Birni koʻrib – shukr qil, birni koʻrib – fikr qil” deganlariday yon-atroflarimizga qarab, baʼzi davlatlarda boʻlayotgan ahvollarni koʻrib fikr qilaylik!..

“Ey, Allohim! Yurtimga berilgan tinchlikka shukr!” deb, tinch uxlab, eson-omon uygʻonayotganimizga shukr qilaylik!

Baʼzi yurtlarda insonlar oʻzini tinchligini-omonligini oʻylab, jon kuydirayotgan bir zamonda, bizni mamlakatimizda esa jahon andozalaridan ham ustun boʻlgan oʻquv dargohlari bizni bolalarimiz uchun barpo etilayotgan bir paytda, xalqaro meʼyorlaridan qolishmaydigan sport inshootlari biz uchun qurilayotgan bir paytda, bizda qoʻsha-qoʻsha imoratlar, qator-qator uylar, yangidan-yangi moshinalar, hashamatli toʻyxonalar, dabdabali toʻy-maʼrakalar, kelin-kuyovga xizmat qilayotgan chet ellarda faqat boylar minadigan avtomobillar, farzandlarimiz chet elma-chet el yurib, dunyoning turli chekkalarida obroʻli-nufuzli oʻquv dargohlarida oʻqib turgan, qoʻllarimizdagi dunyoda hozirgina chiqqan eng zamonaviy telefonlar kundan-kunga hayotimizni boyitib turgan bir paytda, Xudoi taolo sanoqligina davlatlar qatori bizning diyorimizga bergan moʻjizaviy suv neʼmatini mensimasdan, oyoqosti qilib, uvol qilsak, noshukrlik va isrofgarchilik qilgan boʻlmaymizmi?!?

Noshukrlik va isrofgarchilik esa Xudoga xush kelmasligi har bir aqli raso odamga maʼlum!!!

Oʻzbekistonni magʻribdan mashriqgacha aylanib chiqsangiz ham, davlatimizni u chekkasidan bu chekkasigacha kezib chiqsangiz ham, mamlakatimizni barcha shahar-qishloqlarini koʻrib chiqsangiz ham, bir narsaga guvoh boʻlasiz – har bir viloyat, har bir tuman, har bir shahar, har bir qishloq, har bir mahalla, har bir koʻchada yangilanish, chiroyli oʻzgarish, katta qurilishlar boʻlayotganini koʻrasiz! Bunday islohotlardan yurtimizni biror joyi ham chetda qolmagan!

Oq-qorani taniydigan, foyda-zararni biladigan, oʻng-chapni payqaydigan, ogʻir-yengilni his qiladigan, savob-gunohni ajrata oladigan, katta-kichikni farqiga yetib boradigan, past-balandni tushunadigan, yaxshi-yomonni mazmunini onglaydigan, uzoq-yaqinni mohiyatiga yetib boradigan har bir aql-zakovatli inson biladiki, Oʻzbekistonda boʻlayotgan bunday ulugʻvor ishlar oʻz-oʻzidan boʻlmaydi! Qisqa davr ichida asrlarga teng, savobi cheksiz-chegarasiz boʻladigan bunchalik darajadagi ulkan va buyuk ishlarni amalga oshirish uchun koʻp narsalar ichida moddiy taʼminot ham boʻlishi darkor.

Ushbu nihoyatda masʼuliyatli, mashaqqatli va sharafli, ogʻir va savobli, sermahsul va olijanob ish boʻlmish – xalqimizning rizqi, dasturxonimizning koʻrki, kundalik ehtiyojimiz, bor tirik mavjudotning ozuqasi, Yer kurasining noyob va nodir boyligi – Alloh taoloning moʻjizaviy neʼmati boʻlgan “suv” neʼmatini avaylab-asrashga beparvo boʻlishimiz chiroyli emas! Zero “Koʻp biriksa, togʻ qular”, “Toʻpdan chiqsang ham, koʻpdan chiqma!”, “Koʻpdan ayrilgan ozar, koʻpga qoʻshilgan oʻzar”, “Koʻpning haqi yetimning haqidan yomon”, “Koʻpchilik bir mushtdan ursa – oʻldirar, bir burdadan bersa – toʻydirar” deb dono xalqimiz bekordan-bekor, bejiz aytmagan…

Hammamiz har kuni kuzatadigan, lekin har doim ham eʼtibor qaratmaydigan bir necha holatlar:

1) tong otib, quyosh charaqlab tursa ham, qator simyogʻochlarda yonib turgan koʻcha chiroqlari;

2) odamlar oʻtib-qaytadigan koʻcha boʻyidagi joʻmraklardan suvning behuda oqib turishi;

3) koʻzday yaqin qoʻshnimiz och-nahor boʻlsa ham, yaqinlarimiz, hatto aka-ukalarimiz, qarindoshlarimiz orasida farzandlarining oʻquv-shartnoma pullarini toʻlay olmayotganini yoki mahallamizda ehtiyojmand oilalar borligini bilsak-koʻrsak-da, lekin dabdabali toʻylarimiz. Yoshlarning orzu-havasi deb, birgina “ZAGS”ning oʻziga bir talabaning bir yillik oʻquv-shartnoma pulini sarflaymiz…

Roʻyxatni yana uzoq davom ettirish mumkin… Shu mavzuda xayolimizga kelgan hamma narsani tizib chiqsak, bir maqola u yoqda tursin, hatto bir nechta kitob boʻlishi ham turgan gap! Lekin biz qachondan beri dabdabaga oʻch, xoʻja koʻrsinga, kimoʻzarga moyil, isrofga mukkasidan ketadigan boʻlib qoldik?..

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

  “Sizlar oʻzlaringiz ichayotgan suvni oʻylab koʻrdingizmi?! Uni bulutlardan sizlar yogʻdirdingizmi yoki Biz yogʻdiruvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, uni shoʻr va achchiq qilib qoʻygan boʻlur edik. Bas, shu obi hayot uchun ham shukr qilmaysizmi?!” (Voqea surasi 56/68-70 oyatlar);

  “Ustingizga osmondan suv-yomgʻir tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga oʻzaro aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit, mustahkam qilishni iroda etganini eslangiz!” (Anfol surasi 8/11 oyat);

   Biz osmondan aniq oʻlchov bilan suv (yomgʻir, qor) yogʻdirib, uni yerga joylab qoʻydik va Biz uni ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz” (Moʻminun surasi 23/18 oyat);

  Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar! Zero U isrof qilguvchilarni sevmas! (Aʼrof surasi 7/31 oyat).

Baʼzi ulamolar: “Alloh ushbu oyatda tabobat ilmining yarmini jamlagan” deyishgan.

JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

¯  Uchta joyga: suv oʻzanlariga, serqatnov yoʻllarga hamda soya-salqin yerlarga axlat tashlab, laʼnatga qolishdan qoʻrqinglar!”;

¯  Inson qornidan yomonroq idishni toʻldirmaydi. Odam bolasiga belni qoim qiladigan kichik luqma kifoyadir. Bas, qorinning uchdan biri – taom, uchdan biri – suv va qolgan uchdan biri – nafas uchundir” (Imom Termiziy rivoyatlari);

¯  “Albatta, gʻazab – shaytondandir. Shayton olovdan yaralgan. Olov suv bilan oʻchadi. Agar sizlardan biringiz gʻazablansa, tahorat qilsin!” (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

¯  Odamlarni suv bilan siylagan kishi oʻzi oxirgi boʻlib ichadi” (Imom Termiziy rivoyatlari);

¯  Paygʻambarimiz sallallohu alayhi  vasallam sahobalardan Saʼad raziyallohu anhu tahorat qilayotganlarida: Ey, Saʼad, bu isrof nimasi?” – dedilar. Saʼad raziyallohu anhu: Tahoratda ham isrof qilish bormi? – deb soʻradi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Ha,  agarchi oqib turgan  daryoning boʻyida turgan boʻlsangiz ham!” – dedilar;

¯  “Isrofga yoʻl qoʻymay va takabburlik qilmagan holda yeng, iching, kiyining va sadaqa qiling!” (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari);

¯  Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam uyga kirdilar va toʻsatdan koʻzlari toʻkilgan uvoqlarga tushdi. Ularni terib oldilar va tozalab yedilar. Soʻngra: “Alloh taolo bergan neʼmatlarni qadrlagin! Zero u neʼmatlar biron qavmdan olib qoʻyilsa, boshqa qaytib berilmaydi!” – dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

¯  Imom Hakim Termiziy “Navodirul usul”da rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Ey, Oisha, Allohning neʼmatlariga yaxshi munosabatda boʻlgin! Agar u neʼmatlar biron qavmdan olib qoʻyilsa, kamdan-kam hollarda qaytib keladi”, deb keltirilgan;

¯  “Kim hayotda tejamli boʻlsa, qashshoqlik koʻrmaydi” (Imom Termiziy rivoyatlari); 

¯  “Nafsingiz xohlagan har narsani yeyaverishingiz ham isrofdir” (Imom Hofiz Abu Yaʼlo rivoyatlari);

¯  “Yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar. Isrof va mutakabbarlikka yoʻl qoʻymanglar!” (Imom Abu Dovud va Imom Nasoiy rivoyatlari);

¯  Anas ibn Molik raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda aytilishicha, Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir soʼdan besh muddgacha boʻlgan suv bilan gʻusl qilar va bir mudd suv bilan tahorat olar edilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Yaʼni, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taxminan 0,688 litr suv bilan tahorat qilardilar.

Bu narsalar hammamizga oʻrnak boʻlishi lozim!!!

TIBBIYOT OLIMLARINING TADQIQOTLARI:

Kun davomida koʻp suv ichish organizmga qanday taʼsir koʻrsatadi?

  Suv – bu sayyoradagi eng muhim resurslardan biridir yoki eng muhimi desa ham boʻladi.

  Inson organizmining 80 foizi suvdan iborat. Shuning uchun ham iloji boricha koʻproq suv ichish kerakligi tavsiya qilinadi, kuniga kamida 2 litr.

  Suv tavsiya etilgan meʼyordan kam ichilsa, buning salbiy oqibati haqida ham bir qancha maʼlumotlar keltirilgan. 

  Ammo kun davomida koʻp suv ichilsa, bu organizmga qanday taʼsir koʻrsatadi.

  Organizmning ayrim aʼzolarida qancha miqdorda suv borligini tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Masalan, suvning 90 % gacha oʻpkada, taxminan 75 % esa miyada.

Suv ozuqa moddalarining tashuvchisi

Qonning 80 % suvdan iborat. Suvning yetishmasligi, birinchi navbatda, unga taʼsir qiladi, bu uning quyuqligini oshiradi. Albatta, bu yaxshi narsaga olib kelmaydi: tromboz, varikoz tomirlari va hatto insult hamda infarkt xavfi ortadi.

Suv toksinlarni chiqarib tashlaydi

Ter va peshob bilan orgnizmdan barcha zararli moddalar, toksinlar va shlaklar chiqariladi. Agar organizmda bular uchun yetarli suv boʻlmasa, parchalangan mahsulotlari turgʻunlasha boshlaydi. Bu hatto zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Suv ovqat hazm qilishda ishtirok etadi

Suv ovqat hazm qilish jarayoniga toʻliq hamroh boʻladi. U soʻlak hosil boʻlishida ishtirok etadi, shilliq qavatning namligi va oziq-ovqatning parchalanish sifati uning miqdoriga bogʻliq. Suv yetishmovchiligi bilan ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarish sekinlashadi, oshqozon-ichak trakti sust ishlaydi, yarim hazm boʻlgan ovqat ichaklarda aylanib, yalligʻlanishni keltirib chiqaradi.

Suv tanqisligining yana bir oqibati: meʼda shirasi koʻproq kislotali hamda juda konsentratsiyali boʻladi. Bu esa yuqori kislotali gastrit va hatto oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.

Organizmning termoregulyatsiyasi suvga bogʻliq

Suvsizlanish bilan bogʻliq muammolarga duch kelmaydigan odamlar issiqqa ham, sovuqqa ham oson toqat qiladi. Gap shundaki, suv termoregulyatsiyada ishtirok etadi, u sovuq mavsumda issiqlikni saqlab qolishga va issiqda uni yoʻqotishga yordam beradi.

Boʻgʻimlar salomatligi uchun muhim

Artrit va artrozning rivojlanish jarayoni murakkab, lekin koʻp jihatdan bu elementar suv tanqisligiga bogʻliq. Organizmda suv yetishmasa, u avtomatik tarzda mavjud suvni miya, qon, yurak, buyrak, jigar faoliyatiga sarflaydi.

Boʻgʻimlarga esa suvning qolgan qismi keladi. Natijada boʻgʻimlarning toʻqimasi elastikligini yoʻqotadi, zichlashadi, boʻgʻimlar faoliyatida muhim boʻlgan suyuqlik miqdori kamayadi.

Suv terini ajinlardan qutqaradi

Ushbu organ ham qoldiq prinsipiga koʻra suv bilan taʼminlanadi. Shuning uchun suvsizlanish kuzatiladi. Namlik miqdori yetarlicha boʻlmagan teri tezda elastikligini, chiroyli rangini yoʻqotadi va ajinlar bilan qoplanadi.

Teridan tashqari, soch va tirnoqlar ham suv yetishmasligidan aziyat chekadi. Tirnoqlar zaif va moʻrt boʻladi, sochlar rangi xiralashadi, gullaydi va toʻkiladi.

Agar kun davomida koʻp suv ichilsa, organizmda qanday oʻzgarishlar yuz beradi?

Ammo hamma narsada ham oʻlchovni bilish kerak. Juda koʻp suv va hatto tez ichish ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Buyraklar soatiga 0,8-1 litrdan koʻp boʻlmagan suyuqlik chiqara oladi. Shuning uchun, agar qisqa vaqt ichida 3 litrdan koʻproq ichish orqali suv zaxirasi toʻldirilsa, organizmda haddan tashqari gipergidratsiya belgilari paydo boʻlishi mumkin.

Bu vazn ortishi, shish, bosimning oshishi va eng muhim ichki organlarning: buyraklar, yurak va oʻpka faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ortiqcha suv qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklar oʻrtasidagi muvozanatni saqlaydigan natriyga tegishli.

Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?

Aniq va yagona meʼyor yoʻq. Chunki hammani bitta standart bilan oʻlchash mumkin emas. Bugungi kunda, diyetologlarning turli tavsiyalariga koʻra, suvning kunlik dozasi organizm vazniga kilogramm uchun 30 dan 50 millilitrgacha oʻzgarib turadi. Yaʼni ushbu tavsiyalar oʻrtacha hisoblansa, vazni 60 kilogramm boʻlgan odam kuniga taxminan 2,4 litr suv ichishi kerak. Erkaklar kuniga 2,5-3,7 litr, ayollar esa 2-2,7 litr suv ichish tavsiya etiladi.

Organizmga suv yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?

Eng oddiy va tabiiy koʻrsatkich chanqoqlikdir. Bu organizmda eng qimmatli manba kamligini tushunish uchun yetarli. Ammo shuni bilish kerakki, tashnalik organizmning taxminan 1-2 foiz namlikni yoʻqotganda kuzatiladi va bu suvsizlanishning birinchi belgisi hisoblanadi.

Organizmdan 2 foiz suyuqlik yoʻqolganda, odamda kuchli chanqoq paydo boʻladi, 10 % gacha yoʻqotishda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin, 12 % yoʻqotish bilan shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.

Suvsizlanishning asosiy belgilari: peshobning qorayishi va uning kunlik hajmining pasayishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq va holsizlik, ogʻiz qurishi va teri qurishi, yurakning tez urishi va qon bosimining pasayishi.

Suv ichish istagi boʻlmaganda ham ichish kerakmi?

Albatta, kerak, tashnalik organizm suvsizlanishining birinchi darajasi haqida signaldir. Agar jismoniy ish qilinsa, koʻp yurilsa va doimiy stress boʻlsa, koʻproq suv ichish kerak.

Nonushtadan 30 daqiqa oldin kunni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash tavsiya etiladi. Kun davomida suvni asta-sekin, kichik qultumlarda ichish lozim. Lekin yotishdan oldin toʻxtatish kerak. Bu vaqtda limfa tizimining aylanishi sekinlashadi, suyuqlik turgʻunlashadi, ertalab shish bilan uygʻonish xavfi mavjud. Shuningdek, diyetologlar iliq suv ichishni maslahat beradi. U sovuq suvga qaraganda ancha yaxshi soʻriladi. Organizm uni singdirish uchun kamroq energiya sarflaydi.

  Muntazam ratsiondagi suvning taxminan 20 % manbalari – meva va sabzavotlardir. Ularning koʻpchiligi – tarvuz kabi 90 % dan ortiq suyuqlikdir. Goʻsht va baliq, garchi ular tarkibida oʻsimlik ovqatlari kabi koʻp suv boʻlmasa ham, H2O manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin.

  Suv yer yuzidagi barcha mavjudotlarning mavjudligi va hayotini belgilaydigan modda sifatida noyob rol oʻynaydi. Tirik inson tanasida vazni va yoshiga qarab 50 % dan 75 % gacha suv mavjud. Atrof muhitning harorati va namligiga, jismoniy faoliyatga va boshqalarga qarab, odam har xil miqdorda suv ichishi kerak; tananing optimal ishlashi uchun qancha suv isteʼmol qilish kerakligi haqida koʻp munozaralar mavjud. Suv tana haroratini tartibga soladi, nafas olayotganda havoni namlaydi.

  Biroq organizmga suyuqlikni koʻpaytirish kerak boʻlgan holatlar mavjud: ich qotishi (suyuqlikni koʻpayishi muammoni yengishga yordam beradi); issiqda jismoniy faollik; sistit (patogen mikroorganizmlarni yoʻq qilishga yordam beradi).

  Emizishda va qarilikda tananing suvga boʻlgan ehtiyoji ortadi.

  Issiq ob-havo, ortiqcha terlash, ovqat hazm qilish buzilishi, qusish va diareya bilan birga, odatdagi kundalik nafaqaga yana bir necha stakan suv qoʻshish uchun sababdir.

  Tuzni haddan tashqari isteʼmol qiladigan odamlar qoʻshimcha shisha ichimlik suvi haqida ham gʻamxoʻrlik qilishlari kerak. Juda shoʻr ovqatdan har doim chanqaydi. Shunday qilib, tana qoʻshimcha suvga boʻlgan ehtiyojni bildiradi, chunki ortiqcha tuz qon tarkibini oʻzgartiradi.

  Suyuqlikni isteʼmol qilishning kunlik darajasi ham ob-havo sharoitlariga bogʻliq. Derazadan tashqarida yuqori harorat va past namlik bormi? Bu tanani haddan tashqari qizdirish uchun ideal sharoitlar. Bundan himoya qilish uchun tana kuchli terlashni boshlaydi. Shuning uchun suvsizlanishni oldini olish uchun organizm tomonidan yoʻqolgan namlik zaxiralarini muntazam ravishda tiklash muhimdir.

  Suvsizlanish belgilari chanqoqlik hissi va oʻtkir hidli siydikning quyuq rangi tananing suvsizlanishining aniq belgilaridir.

 Boshqa alomatlari: bosh aylanishi, behushlik; isitma; mushak talvasalari; qoʻshma ogʻriq; gallyutsinatsiyalar; tartibsizlik; xolesterin oshishi; eshitish va koʻrish buzilishi; quruq ogʻiz.

 Ammo namlik yetishmasligining eng jiddiy oqibati – qon quyilishidir. Bunday mustahkamlikda u oʻz vazifalarini samarali bajara olmaydi: organlar kislorodni kerakli hajmda olmaydilar va metabolik mahsulotlar tanani tark etmaydi, uni zaharlaydi. Barcha shilliq pardalar tanadagi suyuqlik yetishmasligidan aziyat chekadi. Kerakli miqdordagi namlikni olmasdan, ular quriydi va yorila boshlaydi.

 Quruq teri, akne, moʻrt sochlar, tilda blyashka, yomon nafas, asabiylashish, chalgʻitish va migren ham suvsizlanishning tashqi belgilaridir.

 Haddan tashqari yoshdagi odamlar, yaʼni bolalar va qariyalar suvsizlanish xavfi koʻproq.

 Agar chaqaloq tezroq nafas olishni boshlagan boʻlsa, uyqusirab va sust boʻlib qolsa va kun davomida nam tagliklar soni sezilarli darajada kamaygan boʻlsa, bu suvsizlanish signali boʻlib xizmat qilishi mumkin.

 Keksa tanadagi namlikning yetishmasligi odatda ongda chalkashliklarni keltirib chiqaradi.

 Shuni esda tutish kerakki, tez suvsizlanishning sababi diareya, qusish, isitma paytida ortiqcha terlash boʻlishi mumkin.

 Tadqiqotlarga koʻra, namlikning taxminan 1,5 % yoʻqolishi kayfiyatning yomonlashishiga, konsentratsiyaning pasayishiga va bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.

 Suvsizlanish miyaning ishiga 2-3 % salbiy taʼsir koʻrsatadi.

 Suvsizlanish quyidagi kasalliklarga olib kelishi mumkin: semirish; artrit; gastrit va ich qotishi; oʻt toshlari.

 Suv jismimizdagi limfa tizimi tanamizdagi zararli moddalarni chiqarishga xizmat qiladi. Uning ishlashi bevosita suv bilan bogʻliq.

 Suv kam ichish limfa tizimi faoliyati qiyinlashib, qon quyuqlashishi, oʻt qopi muammolari, qon bosimi koʻtarilishi yoki pasayishiga sabab boʻladi.

 Qonni suyultirib, uni tozalaydigan omil bu – suv.

 Inson vazniga koʻra suv ichishi kerak.

 Koʻpincha oʻrtacha 2,5 yoki 3 litr suv isteʼmol qilinadi.

 Suv ichish masalasida eng toʻgʻri usul Paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari – oʻtirgan holatda, shoshilmay ichishdir.

MUTAXASSIS OLIMLARNING TADQIQOT NATIJALARI:

  Sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan.

  Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda.

  Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsiyenti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40-50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir.

   BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan.

  BMT bergan maʼlumotlarga koʻra, yer yuzida 2000-yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050-yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (yaʼni 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan.

     Suv inson hayotidagi muhim modda hisoblanadi. Suvda inson uchun barcha kerakli element ionlari joylashgan.

  Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda.

   Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham toʻsiq boʻlib qolmoqda.

  Shu bilan birga dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor yerlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlmoqda.

  Ayniqsa bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha oʻn ming gektarlab yer maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan.

  Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir yer yuzidagi har bir kimsa qay yoʻl bilan boʻlsada, bu boylikdan tejamkorlik bilan foydalanish ustida bosh qotirmoqda. Bu hol ayniqsa qishloq xoʻjaligida koʻzga tashlanmoqda.

  Inson embrioni eng koʻp namlikka yega. Kelajakdagi odamning embrioni taxminan 97 % suvdan iborat. Bir oz kamroq yangi tugʻilgan chaqaloqning tanasida mavjud – 92 %. Oʻsmirlarda – 80 %. Kattalarni esa 70-75 % ga “suv bosgan”.

  Keksa odamlarning tanasida eng kam H2O miqdori. Atigi 60 % ni tashkil qiladi. Shuning uchun inson yillar davomida hayotiyligini yoʻqotib, kasal boʻla boshlamaydimi? Ehtimol, suv tananing juda tez va darhol jiddiy oqibatlarga olib keladigan yagona moddadir…

  Inson bir necha hafta davomida oziq-ovqatsiz omon qolishi mumkinligiga ishoniladi. Vitaminlar, mikro va makroelementlarning yetishmasligi ham bir muncha vaqt oʻtgach, salbiy oqibatlarga olib keladi. Ammo bir necha kun suvdan voz kechish bu – falokat.

  Biz chanqoqlikning birinchi koʻrinishlarida namlik zaxiralarini yoʻqotishni boshlaymiz. Yutish sindromi bilan bogʻliq qiyinchiliklarga duch kelish uchun suyuqlikning atigi 5 foizini yoʻqotish kifoya. Gallyutsinatsiyalar va hushidan ketish boshlandi, eshitish va koʻrish buzildi.

  Agar suv balansi oʻz vaqtida tiklanmasa, natija halokatli boʻlishi mumkin.

  Suvning tanadagi funksiyalari: toksinlar, shlaklar, tuzlar va chiqindilarni olib tashlaydi; foydali moddalarni barcha organlarga tashiydi; mushaklarning qisqarishiga yordam beradi; boʻgʻinlar uchun moylash rolini oʻynaydi; gematopoezni, qon bosimini tartibga soladi; miyani faollashtiradi; metabolik jarayonlarni tezlashtiradi; barqaror tana haroratini saqlaydi; organlarni shikastlanishdan himoya qiladi; kuch va energiya qoʻshadi, toʻgʻri suv balansi fiziologik hazm qilishga yordam beradi, chiqindi mahsulotlardan tez va oson xalos boʻlishga yordam beradi, tanani tozalash paytida buyrak va jigarga yukni kamaytiradi va ich qotishining oldini oladi.

  Suv – inson tanasidagi barcha toʻqimalarning asosiy tarkibiy qismidir. Har bir organda suyuqlik konsentratsiyasi har xil. Namlik yirik zaxiralari (deyarli 99 % suv) koʻz olmasida jamlangan. Miyada suvning yuqori konsentratsiyasi mavjud (deyarli 70 %).

  Inson tanasining yarmidan koʻpi – H2O.

  Ichimizdagi barcha biokimyoviy jarayonlar ham suvni talab qiladi.

  Suvning roliYurak-qon tomir tizimining salomatligi. Isteʼmol qilinadigan ichimlik suvi miqdori va yurak tomirlari kasalligi xavfi oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. Shirin sharbatlar va gazlangan ichimliklar oʻrniga toza ichimlik suvini afzal koʻrganlar uchun yurak xastaligi xavfi sezilarli darajada past boʻladi.

Mushaklar kuchi. Sportalida terlash mushaklarning namligini yoʻqotishiga olib keladi va yetarli boʻlmaganda mushaklar tezroq charchaydi. Shuning uchun uzoq muddatli mashgʻulotlar paytida energiyani saqlab qolish uchun suyuqlik zaxiralarini tiklash muhimdir.

Terining yangiligi. Teridagi akne va yalligʻlanishning sababi koʻpincha toksinlardir. Qoʻshimcha suv olish tanani tezda tozalashga yordam beradi. Shuningdek, toʻgʻri namlik balansi terini erta qarish, quritish va ajinlar paydo boʻlishidan himoya qiladi.

Saraton kasalligining oldini olish nazariyasi. Soʻnggi tadqiqotlar olimlarga qiziqarli nazariyani ilgari surish imkonini berdi. Ularning fikriga koʻra, siydik pufagi saratonining rivojlanishi koʻp jihatdan tanadagi suv darajasiga bogʻliq: tana namligi indeksi qanchalik yuqori boʻlsa, kasal boʻlish xavfi shunchalik past boʻladi. Olimlar bu nazariyani tez-tez siyish kanserogenlarni tanadan tezroq (va koʻp miqdorda) olib tashlash, ularning siydik pufagida toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik bilan izohlaydilar. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, xuddi shu prinsip boʻyicha oʻzingizni koʻkrak va ichak saratonidan himoya qilish mumkin.

Buyraklar uchun foydalari. Buyraklar toksinlarni olib tashlaydi, organizmdagi suyuqlik muvozanatini va qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi. Organning toʻgʻri ishlashini taʼminlashning yagona usuli – yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish.

Boʻgʻimlarni himoya qilish. Namlik boʻgʻinlar elastik boʻlib qolishiga va qurib ketmasligiga imkon beradi va boʻgʻimlarning oʻzi uchun suv moylash materialining bir qismidir. Shuning uchun sogʻlom namlik darajasini saqlash juda muhimdir.

Miya uchun ahamiyati. Suvsizlanish miyaning toʻqimalariga juda salbiy taʼsir qiladi, u namliksiz quriy boshlaydi. Toʻgʻri suv muvozanatini saqlamasdan, unga oʻz vazifalarini bajarish qiyinroq, ayniqsa imtihonlar yoki masʼuliyatli ishlar paytida.

Respirator virusli infeksiyadan himoya qilish. 400 kishi ishtirokida oʻtkazilgan tajriba shuni koʻrsatdiki, epidemiya paytida oʻzingizni infeksiyalar va nafas olish yoʻllari kasalliklaridan himoya qilish uchun siz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz va muntazam ravishda oddiy toza suv bilan yuvishingiz kerak. Tajribada ishtirok etgan odamlarning kasal boʻlish ehtimoli kamroq edi va kasallik asoratlarsiz yengilroq shaklda davom etdi.

Chidamlilik va hushyorlik nazorat ostida. Suvsizlanish har doim zaiflik va charchoqni keltirib chiqaradi. Siz tez-tez charchaganingizni va kuchingiz sizni tark etayotganini payqadingizmi? Kuniga qancha suv ichishingizni hisoblang. Ehtimol, charchoqning sababi suyuqlik yetishmasligidir. Agar siz uzoq vaqt hushyor turishingiz kerak boʻlsa, har doim qoʻlingizda bir shisha gazsiz suv borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Suvsizlanish konsentratsiyaning yomonlashishiga olib keladi, shuningdek konsentratsiyani pasaytiradi, vosita qobiliyatlari va xotirani buzadi. Depressiya uchun vosita.

  Yana bir qiziqarli tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kayfiyat toʻgʻridan-toʻgʻri tanadagi suv miqdoriga bogʻliq. Suvsizlanish foizi qanchalik yuqori boʻlsa, kayfiyat yomonlashadi.

  Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, suv ham depressiyani davolash vositasi ekanligi ham qiziq. Iliq dush qabul qilgandan soʻng, organizm boʻshashishga olib keladigan gormon oksitotsin ishlab chiqarishni faollashtiradi.

  Siz nafaqat suvga qarashingiz, balki uning tovushlarini ham tinglashingiz kerak! Bu tadqiqotchilarning fikriga koʻra, terapevtik taʼsirga ega.

  Jamoat transporti, qurilish asboblari va qichqiriqlarning yoqimsiz shovqinlari qon bosimining oshishiga olib keladi, pulsni tezlashtiradi va stress gormonining chiqarilishiga olib keladi.

  Suv tovushlari aksincha odamlar uchun eng yoqimli narsalardan biridir. Ular tinchlantirishga va butun tanaga foydali taʼsir koʻrsatishga qodir. Shuningdek qirgʻoqda yashovchi odamlarning sogʻligʻi yaxshi va akvaaerobika quruqlikdagi darslarga qaraganda koʻproq foyda keltiradi, xususan yurak-qon tomir tizimi uchun.

  Insonga qancha namlik kerak? U kuniga qancha suv ichishi kerak? Bu oddiy koʻrinadigan savolga aniq javob yoʻq. Yillar davomida olimlar koʻplab tadqiqotlar oʻtkazdilar va har safar turli raqamlarni eʼlon qilishdi. Aslida bitta javob yoʻq. Bularning barchasi yoshga, jinsga, yashash joyiga va inson faoliyatining turiga bogʻliq. Sohilda yashovchi odamlar havodan qoʻshimcha namlik olishadi, shuning uchun ular boshqalarga qaraganda bir oz kamroq suyuqlik ichishga qodir. Ammo issiq mamlakatlar aholisi aksincha suv muvozanatini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan nazorat qilishlari kerak, chunki ular suvsizlanishga koʻproq moyil. Organizm talab qilganidan kamroq suyuqlik ichish tizimlar va organlar faoliyatida jiddiy buzilishlarga olib keladi. Ammo ortiqcha ham sogʻliq uchun xavflidir. Xoʻsh, kimga ruxsat berilgan va qancha suv? Oddiy sharoitlarda chanqoqlik va siyish tanadagi namlik miqdorini nazorat qiladi. Va bu oddiy suv aylanishi. Shuni unutmangki, chanqoqlik baʼzi kasalliklarning belgisi boʻlishi mumkin, xususan diabet. Shuning uchun, agar ichish istagi uzoq vaqt davomida yoʻqolmasa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak. 2010 yilda Yevropadagi diyetologlar navbatdagi Kongressida suv isteʼmolining minimal standartlarini koʻrib chiqishni taklif qilishdi: erkaklar uchun 2 litr; ayollar uchun 1,6 litr. Ammo bu faqat insonning turmush tarzi va jismoniy faolligini hisobga olmaydigan taxminiy raqamlar. Bundan tashqari tana vazniga qarab aniqroq kunlik nafaqani hisoblashingiz mumkin boʻlgan formula mavjud. Buning uchun 1 kg vazn uchun kuniga 30 ml suv boʻlishi kerakligini bilish kifoya.

DUNYO ASOSAN SUVDAN IBORAT, LЕKIN SUV – MUAMMO

Suvning tuzli (okean va dengizlarda), chuchuk (daryo, koʻl, yer ostida va muz koʻrinishida), yomgʻir, mineral hamda insoniyat tomonidan qayta ishlov berilgan shakldagi turlari bor. Dunyoning ¾ qismi suvdan iborat.

Biz hayotimizni suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Texnologik taraqqiyot tufayli biz uni har kuni sarflaganimizda bu haqda oʻylay olmaymiz. Raqamlar shuni koʻrsatadiki, oʻrta asrlarda bitta oila kuniga 5 litrdan koʻp boʻlmagan suv sarflagan. Endi bu miqdor 1000 litrga yetishi mumkin.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti meʼyoriga koʻra, bir kishining ehtiyojlari uchun kunlik 50-100 litr suv kerak. Afrikaning qishloq joylarida bir kishi odatdagidan sezilarli darajada past va kuniga 10-20 litr suv sarflaydi. AQSHda aksincha, normadan ancha darajada yuqori – 450 l. Kanadada – 340 l, Yaponiyada – 320 l. Gʻarbiy Yevropada suv taʼminoti xizmatlarining yuqori narxi tufayli u 130 dan 180 litrgacha oʻzgarib turadi. Rossiyaliklar yevropaliklarga qaraganda koʻproq isrofgar – 250 litr. Ammo suvni eng koʻp sarflaydigan davlat bu – Saudiya Arabistoni aholisidir: ularga bir kishi uchun kuniga 500 litr kerak boʻladi.

Maʼlumotlarga qaragandaOʻzbekiston boʻyicha kunlik bir kishiga isteʼmol oʻrtacha 99,2 litr (Fargʻona viloyatida – 200 litr, Toshkent shahrida – 174 litr, Navoiy viloyatida – 170 litr, Xorazm viloyatida – 143 litr, Jizzax viloyatida – 130 litr, Toshkent viloyatida – 126 litr, Sirdaryo viloyatida – 103 litr, Samarqand viloyatida – 96 litr, Andijon viloyatida – 84 litr, Namangan viloyatida – 75 litr, Surxondaryo viloyatida – 74 litr, Qoraqalpogʻistonda – 55 litr, Qashqadaryo viloyatida – 42 litr)ga toʻgʻri keladi.

Suvi koʻp va suvi kam davlatlar

Dunyoda suv har xil taqsimlangan. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, eng katta chuchuk suv resurslarining egalari Braziliya (8233 kub km), Rossiya (4507 kub km), Kanada (2902 kub km), Indoneziya (2838 kub km), Xitoy (2830 kub km), Kolumbiya (2132 kub km), AQSH (2071 kub km), Peru (1913 kub km) va Hindiston (1897 kub km).

Chuchuk suv muammosiga duch kelayotgan davlatlar esa Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika aholisi, Markaziy Osiyo, Koreya, Avstraliya, Ruminiya, Moldova, Vengriya va hatto AQSHning shimoliy hududlaridir.

Suv narxlari eng arzon va eng qimmat davlatlar

Numbeo tahliliy portali dunyoning 99 ta davlatidagi 1,5 litr idishdagi suv narxlarini maʼlum qildi. Unda Kosta-Rika 26 710 soʻm bilan suvi eng qimmat davlat deb topilgan boʻlsa, bu qiymat Misrni 2566,52 soʻm bilan eng arzon davlatga aylantirdi. Suvi arzon sotilayotgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston 91-oʻrinni egallagan. 

Ichimlik suvining yana bir muhim manbai – yerusti toza suvidir. Ular koʻllar, daryolar, toʻgʻonlar va soylarda saqlanadi. Daryolar va toʻgʻonlar suv taʼminoti uchun muhim boʻlsa-da, ular faqat 1 foizgina chuchuk suvni oʻz ichiga oladi. Chuchuk suvning taxminan 0,001 foizi atmosfera bugʻi boʻlib, ular Yer sayyorasida yomgʻir va qor bilan almashinib turadi.

Oxirgi 50-70 yil ichida suv omborlari soni oʻn baravar koʻpaygan. Shu yillar davomida har kuni oʻrtacha ikkita suv ombori ishga tushirilgan. Dunyoda jami 60 mingdan ortiq suv omborlari yaratilgan boʻlib, ularning umumiy hajmi (6500 kub km) Yer sharining barcha daryolaridagi bir martalik suv hajmidan 3,5 baravar koʻpdir.

TABOBAT OLAMIDAN:

SUV ICHISH MUMKIN BLMAGAN PAYTLAR

Bir necha paytda suv ichmoq – xato.

Bu haqda soʻzlamish bir qancha dono.

Biri – sahar payti suv ichib boʻlmas,

Biri – hammomdan soʻng suvga qoʻl urmas.

 

Uyqudan soʻng suvdan ichmoq koʻp yomon,

Sharobdan soʻng qaltiroq qoʻzgʻatar har on.

Surgidan soʻng yana suv ichib 6oʻlmas,

Jimoning ortidan aslo mumkinmas!

 

Shundayin paytlarda suv ichma, odam!

Oriqlik va sustlikni qoʻzgʻatar har dam,

Mevaning ustidan suv ichmoq zarar,

Qovun yegach ichsa – baridan battar.

SOVUQNI HAYDASH XISLATI:

Asal suvi tanda pishirar balgʻam,

Sovuq aʼzolarga beradi yordam.

Meʼda sovuk boʻlsa yoki ichaklar,

Isitar, ishtaha ochadi har dam.

DONOLAR OLAMIDA:

~     Bir yosh yigit Suqrotdan muvaffaqiyatning siri nimada ekanligini soʻradi. Suqrot unga ertasi kuni tongda daryo boʻyiga kelishini, savoliga oʻsha yerda javob berishini aytti…

Ertasiga ertalab yigit daryo boʻyiga keldi…

Suqrot undan daryoga tushishni soʻradi. Birga daryoga tushdilar. Suv boʻyinlariga yetganda, kutilmaganda Suqrot yigitning boshini suvga tiqdi. Yigit suvdan chiqishga qanchalik harakat qilmasin, Suqrot kuchli edi. Suqrot yigitni koʻkarib ketgunicha suvda ushlab turdi, keyin suvdan chiqarib oldi. Yigit chuqur nafas oldi. Suqrot soʻradi: «Boshingni suvda tutib turgan paytim eng koʻp nimani xohlading?» Yigit javob berdi: «Havo!» Suqrot dedi: «Muvaffaqiyatning siri mana shundaQachonki sen muvaffaqiyatni suv tubida havoni xohlaganingchalik xohlasang, shunda unga erishasan. Bundan boshqa sir yoʻqYoniq istak – muvaffaqiyatning boshlanishidir! Kichik olov koʻp issiqlik berolmaganidek, kuchli boʻlmagan istak buyuk maqsadlarga asos boʻlolmaydi”.

~   “Lovillab yonayotgan olovni suv oʻchirgani kabi nodon odamlardan chiqayotgan alangani hakimu oqil odamlar soʻndiradilar” (Abulqosim az-Zamahshariy).

~      Mavlono Rumiy hazratlaridan soʻrashdi:

– Singan koʻngil yana seva oladimi?

Mavlono javob berdi:

– Ha, seva oladi!

– Unda aytingchi, singan piyolada suv ichasizmi?

Mavlono esa nim tabassum bilan:

– Siz piyola sindi deya suv ichishni tark qildingizmi?! – dedi.

 

 

ULUGʻLARDAN HIKMATLAR:

“Inson suvdek boʻlishi lozim!», deyishadi… Chunki:

Suv ogʻir yuklarni ustida koʻtaradi.

Qimmatbaho narsalarni esa oʻz qaʼriga oladi.

Oʻlik yerga hayot beradi.

Oldiga toʻsiq chiqsa, toʻxtab qolmaydi. Atrofidan aylanib oʻtib, yoʻlini davom ettiradi.

Suvni oltin idishga solsang ham, loydan yasalgan idishga solsang ham, oʻz rangini oʻzgartirmaydi”.

Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlari ichida odam zotini eng moʻjizaviy qildi. Inson boshida uch xil suv bor:

– koʻz suvi – yosh;

– quloq suvi – zardob;

– ogʻiz suvi – tupuk!

Ushbu suvlarning har birida alohida vazifa bor!

• Koʻz suvi shoʻr boʻladi, agar shoʻr boʻlmasa edikoʻz gavharining himoyasi uchun zarur boʻlgan yogʻ aynib qolar va koʻz faoliyati ishdan chiqar edi!

• Quloq suvi achchiq boʻladi, agar shirin boʻlganida, quloqni qumursqa bosardi!

 Ogʻiz suvi shoʻr ham emas, achchiq ham emas! Agar tupugimiz shoʻr yoki achchiq boʻlganida, yegan narsamizning taʼmini bilmas edik!

 Yana eng ajoyibi bu – suvlar har kuni yangilanib turadi va bir-biriga aralashib ketmaydi!

• Alloh taolo aytadi: «Haqiqatan, Biz insonni xushbichim va xushsurat shaklda yaratdik» (Tin surasi 95/4 oyat).

• Bu mutanosiblikni oʻz-oʻzidan, tasodifan, tabiiy tanlanish yoʻli bilan boʻlib qolgan, deyish uchun inson naqadar saviyasiz boʻlish kerak?!!

    Mazhabboshimiz Imom Aʼzam rahmatullohi alayh: Yaxshilik va ehsonda isrof boʻlmaganidek, isrofda ham hech qanday yaxshilik yoʻq, – deganlar.

     Moliyaviy mablagʻlar isrofidan tashqari har bir sohada ham isroflar boʻladi. Shulardan mashhurrogʻi – suvning isrofi. Suvning isrof boʻlish holatini har joyda kuzatish mumkin. Lekin koʻpchilik bunga eʼtibor bermaydi. Holbuki suv – Alloh taolo bandalarga inʼom etgan neʼmatlarning saralaridan erur. Bu neʼmatni tejash kerak. Har bir sohada boʻlgani kabi suvning isrofi ham gunoh sanaladi. Hattoki ibodat uchun ishlatilganda ham isrof qilmaslik kerak.

     “Isrof” soʻzi asli arabcha boʻlib, “hisobsiz tarzda ishlatish”, “haddidan oshish” kabi maʼnolarni anglatadi. Isrofga yoʻl qoʻygan odam Alloh belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zotning neʼmatlarini oʻrniga sarflamagan yoki hojatdan tashqari ishlatgan boʻladi. Tilimizda ushbu soʻz “nest-nobud qilish”, “uvol qilish”, “neʼmatni qadrlamaslik” kabi maʼnolarni anglatadi.

     “Isrof” soʻzi lugʻatda “chegaradan chiqish” va “bir narsani qasddan unutish” maʼnolarini bildiradi. Istilohda esa moddiy va maʼnaviy maʼnoda ishlatilsa-da, koʻproq moddiy sarf xarajatlarda oʻz ifodasini topadi. Har qanday ishda chegaradan chiqish – isrofdir.

     Isrof – pul, mol va Alloh tomonidan bizga berilgan neʼmatlarni nojoʻya sarflashdir.

     Ulamolarning aytishlaricha, ISROF:

·       faqirlikka yetaklaydi,

·       jannatdan uzoqlashtirib,

·       doʻzaxga yaqinlashtiradi,

·       Alloh taoloning gʻazabiga sabab boʻladi.

Suv resurslarining ahamiyati va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish zarurligini bilib oldik.

Suvsizlik bu – asrning global muammosi ekan, bunga dunyoning barcha davlatlari birgalikda kurashishi, bir-biriga yordam berishi, aholi esa suvdan foydalanish madaniyatini his qilgan holda amal qilishlari kerak boʻladi. Chunki bir yerda suv bilan bogʻliq muammo kattalashgani sari, u yerda hayot umidi soʻnib boraveradi. Suvga ehtiyoji bor jamiki jonzotlar esa suvli mamlakatlarga qarab koʻcha boshlaydi. Va bu oʻsha davlatning ham muammosiga aylanadi. Kech boʻlsa-da, vaqtimiz bor, dunyoni birgalikda bu inqirozdan qutqarishimiz lozim!..

Xalq ichinda moʻʼtabar bir narsa yoʻq davlat kabi,

Boʻlmagʻay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi!

Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,

Yaxshi neʼmat yoʻq kishiga saʼy ila gʻayrat kabi!

Endi har birimiz oʻz-oʻzimizga: “Oʻzim yashab turgan yurtimni tinchligi uchun, ona-Vatanimni ravnaqi uchun, ajdodlarim yotgan muqaddas zaminim uchun, kindik qonim toʻkilgan diyorim uchun, aziz boʻlgan el-xalqim uchun, farzandim mendan ham baxtliroq boʻlishi uchun, bolamni kelajagi uchun men nima ish qildim?” – deb savol beraylik…

Beqiyos va betakror, katta va boy tajribaga ega dono xalqimiz ellik ming elakdan oʻtkazib, oʻzining purhikmatli maqollarida bekorga «Nimani xor qilsang, shunga zor boʻlasan!» demagan!!!

Axir «Tejam bilan ishlatsang – uy-roʻzgʻoring but. Isrof bilan ishlatsang – yomon kunni kut!» deb bejizga aytilmagandir?!!

 

Dono halqimiz oʻzining ulugʻ hikmatlarida

“Boylik ushoqdan yigʻilar”,

 

«Bugun yedim – yetdim.

Erta yedim – oʻtdim.

Hamma hayitga chiqqanda,

Xumga kirib yotdim»,

 

«Don ayagan donga yetar,

Non ayagan – nonga»,

 

«Yaxshi oʻgʻil ota molini biylar,

Yomon oʻgʻil ota molini sochar»,

 

“Donni yiqqan – donodir”,

 

«Yeyishing – kepak,

Kiyishing – ipak»,

 

«Toʻqlikda ochlikni oʻyla,

Boyiganda – muhtojlikni!»,

 

«Yigʻsang – yetasan,

Sovursang – ketasan»,

 

«Kam-kam yesang – doim yersan.

Koʻp-koʻp yesang – neni yersan?»,

 

«Olaversang – yengil boʻlar,

Solaversang – ogʻir».

deb aytishida ham juda koʻp maʼnolar bor!!! Shuning uchun endi biz ham Alloh taoloning gʻazabiga sabab boʻladigan, doʻzaxga yaqinlashtiradigan, jannatdan uzoqlashtiradigan, faqirlikka yetaklaydigan ISROFdan saqlanaylik!!!

Mehribon Parvardigorimiz sogʻlik-salomatligimiz fani – tabobat ilmining yarmini birgina (!) Qurʼoni karimning 7-chi surasi Aʼrof surasi 31-oyatining yarmiga, Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam birgina (!) muborak hadisi shariflariga jamlab qoʻygan ekanlar, biz ikki dunyoda ham chin saodatni istasak, hech kimga hech narsa qoldirmagan KITOB – Kalomulloh va HIKMAT – hadisi sharifga amal qilsak – marra bizniki!

Iloho oʻzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janobi Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizni ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, ota-onalarimiz rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!

Muhtaram azizlar! Tinch boʻlib turgan yurtimizda musaffo osmonimiz ostida yashayotgan jannatmakon diyorimizni boyligi uchun, Xudoni oʻzgacha Ilohiy nazari tushgan muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun, turmushimiz obodligi va koʻpchilikni rizqi uchun, elimizni moʻl xirmoni va oilamiz dasturxoni koʻrki uchun oʻz hissamizni qoʻshaylik! Shu jannatmakon diyor – muqaddas zaminda yashayotgan har birimiz, Alloh taolo Oʻzbekistonga bergan barcha behisob va betakror, mislsiz va beqiyos neʼmatlaridan foydalanayotgan har bir odam bolasi oʻzini munosib hissasini qoʻshishi lozim ekanligini unutmaylik!..

Ibrohimjon domla INOMOV
Manba: muslim.uz

Check Also

INSON MAʼDAN, XOLOS…

INSON MAʼDAN, XOLOS… Bu maʼdandan foydali modda olinadimi yo zararlimi – buni axloqi va tarbiyasi …