Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, E’LON! Xalqaro ilmiy simpozium!

DIQQAT, E’LON! Xalqaro ilmiy simpozium!

📢 DIQQAT, E’LON!

Xalqaro ilmiy simpozium!

Hadis ilmi va islomshunoslik tadqiqotlari sohasida muhim o‘rin tutgan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uni an’anaviy va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish maqsadida xalqaro miqyosdagi ilmiy simpozium tashkil etilmoqda.

✅ Simpozium mavzusi:
“Imom Buxoriyning ilmiy merosi: anʼanaviy va zamonaviy yondashuvlar”
(Xalqaro Imom Buxoriy simpoziumi)

📅 O‘tkazilish sanasi:
2026 yil 9–11 oktabr
📍 O‘tkazilish joyi:
Pamukkale universiteti
Islomiy ilmlar instituti
Yatagan, Denizli (Turkiya)
________________________________________
📌 Muhim sanalar
🔹 Tezis (qisqa annotatsiya) yuborishning so‘nggi muddati
📅 2026-yil, 4-may
🔹 Qabul qilingan tezislar e’loni
📅 2026-yil, 15-may
🔹 To‘liq maqolalarni yuborishning so‘nggi muddati
📅 2026-yil, 10-sentabr
🔹 Simpozium dasturining e’loni
📅 2026-yil, 25-sentabr
________________________________________
🤝 Hamkor tashkilotlar
• Pamukkale universiteti (Turkiya)
• Pamukkale universiteti Islomiy ilmlar instituti (Turkiya)
• Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (O‘zbekiston)
• ISAM – Islom tadqiqotlari markazi (Turkiya)
• Yozma asarlar boshqarmasi (Turkiya)
• Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (O‘zbekiston)
• Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi (O‘zbekiston)
________________________________________
📩 Aloqa uchun:
✉️ buharisempozyumu2026@gmail.com
🔗 Batafsil ma’lumot:
https://www.pau.edu.tr/ilahiyat/tr/etkinlikTakvimi/buhari-sempozyumu-2026-2
________________________________________
📚 Islom ilmlari, hadis ilmi, tafsir, fiqh, tarix, manbashunoslik va islomshunoslik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar hamda doktorantlar mazkur xalqaro ilmiy simpoziumda o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etishga taklif etiladi.

Check Also

Ixtilof qilingan roviylar masalasi – ilmiy muhokama markazida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 26-fevral kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …