Prof. dr. Xalit CHALISH – Turkiya Respublikasining Din ishlari boʻyicha Oliy kengashi aʼzosi
Bu muqaddas zaminda mehmon boʻlishni nasib etgani uchun Alloh taologa hamdu sanolar aytaman. Ayni paytda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida hozir boʻlib turganimdan gʻoyat mamnunman. Imom Buxoriy butun musulmon olami tomonidan eʼtirof etilgan buyuk muhaddis boʻlib, Qurʼoni karimdan keyin eng ishonchli manba hisoblangan “Sahihul Buxoriy” asarining muallifidir. Ana shunday ulugʻ zot yetishib chiqqan yurtni ziyorat qilish boʻlish biz uchun katta sharafdir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi islom sivilizatsiyasining ilm va hikmatga asoslangan anʼanalarini davom ettirayotgan muhim ilm dargohidir. Islom ilm-fani va madaniyati, haqiqatan ham, asrlar davomida insoniyatga maʼnaviy yuksak qadriyatlar, boy bilimlar va eng nafis sanʼat namunalarini taqdim etgan.
Bugungi kunda har qanday jamiyat oldidagi eng muhim vazifa ilm va hikmatni hayotga keng tatbiq etishdir. Ilmda, odob-axloq va mehnatda musulmonlar yana butun insoniyatga ibrat boʻlishi lozim. Buning uchun esa uzluksiz taʼlimni qoʻllab-quvvatlash va ayniqsa, hadis ilmini chuqur oʻrganish va oʻrgatish zarur.
Ishonamanki, Markaz olimlari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini ilmiy asosda tadqiq etish va targʻib qilishga salmoqli hissa qoʻshadi. Markaz faoliyatiga bosh qoʻshayotgan barcha fidoyi insonlarga minnatdorlik bildiraman.
Alloh taolo bu muborak maskanni doimo xayrli ishlarda peshqadam qilsin!
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





