Doktor Fahmiy Akbar IDRIS – Indoneziyaning Nahdlatul Ulama Oliy taʼlim muassasalari kengashi raisining oʻrinbosari, professor
– Imom Buxoriy muzey-majmuasida hozir boʻlib turganimdan behad mamnunman.
Ushbu majmua juda goʻzal va mahobatli maskanga aylanganini alohida taʼkidlashni istardim. Imom Buxoriy butun islom olamida beqiyos oʻrin tutgan ulugʻ alloma hisoblanadi. Shu bois, har bir musulmon bu muborak maskanni ziyorat qilishi zarur, deb oʻylayman.
Yangi majmudagi tahoratxona ham, namozxona ham yuksak sanʼat asari darajasida barpo etilgan boʻlib, har qanday ziyoratchining koʻzini quvontiradi. Bu yerda ibodat va ziyorat ahli uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Imom Buxoriydek buyuk zotning maqbarasi esa inson qalbiga osoyish, halovat va sakinat bagʻishlaydi.
Shu bilan birga, Markazingiz faoliyati menda katta taassurot qoldirganini taʼkidlab oʻtishni istar edim. Bu yerda islom ilmlarini oʻrganish, tadqiqotlar olib borish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar eng yuqori bahoga loyiqdir.
Kelgusida muassasalarimiz oʻrtasida ilmiy, maʼrifiy va akademik hamkorlikni yanada kengaytirish uchun barcha asoslar yetardi, deb hisoblayman. Bu hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli va istiqbolli boʻladi.
Shu oʻrinda samimiy qabul va yuksak eʼtibor uchun Markaz rahbariyati va jamoasiga chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Istiqbolda Indoneziyadagi doʻstlarimiz va hamkasblarimizning majmua va Markazga koʻplab tashriflari amalga oshishiga ishonchimiz komil.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





