Home / MAQOLALAR / SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim FOYDASI (2-qism)

SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim FOYDASI (2-qism)

SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim FOYDASI (faqat ASOSIYLARI) (5 qismdan iborat)ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(2-qism)
 
DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
 
 Tilni tiygan boy boʻlar.
 
 Katta tishlasang ham, katta gapirma!
 
 Soʻz koʻrki — maqol.
 
 Yetti oʻylab, bir kes.
 
 Oldin oʻyla, keyin soʻyla.
 
 Dunyoni yel buzar,
Odamni — soʻz.
 
 Aytdim — tutildim,
Aytmadim — qutuldim.
 
 Gapirganing — kumush,
Gapirmaganing — oltin.
 
 Til suyaksiz boʻlsa ham, suyakni yanchiy olar.
 
 Yomon til yo jonga urar,
Yo — imonga.
 
 Sukut soʻzdan afzal.
 
 Koʻp gap — eshakka yuk.
 
 Ariqni suv bezar,
Odamni — soʻz.
 
 Yomon soʻz egasiga qaytar.
 
 Aytar soʻzni ayt,
Aytmas soʻzdan qayt.
 
 Aytilgan soʻz — otilgan oʻq.
 
 Gapning ozi yaxshi,
Qizning — nozi.
 
 Gapning qisqasi — yaxshi,
Qisqasidan hissasi — yaxshi.
 
 Sukut — gul.
 
 Anjom — uy ziynati,
Soʻz — inson ziynati.
 
 Achchiq savol berib,
Shirin javob kutma.
 
 Yaxshi soʻz kuldirar,
Yomon soʻz oʻldirar.
 
 Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
 
 Achchiq til — zahri ilon,
Chuchuk tilga — jon qurbon.
 
 Oʻziga boqma, soʻziga boq.
 
 “Barakalla”ga quyi mehnat qilib oʻlar.
 
 Bir tavakkal buzadi,
Ming qaygʻuning qalʼasin.
Bir shirin soʻz bitkazar,
Ming koʻngilning yarasin.
 
 Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
Bir — yomon gap.
 
 Birovning oʻzi gʻar,
Birovning soʻzi gʻar.
 
 Bugʻdoy noning boʻlmasin,
Bugʻdoy soʻzing boʻlsin.
 
 Gapda gʻiybat yomon,
Dardda — quyonchiq.
 
 Gapdan gap chiqar,
Choʻpdan — xas.
 
 Gapi gapga oʻxshamas,
Ogʻzi gapdan boʻshamas.
 
 Gapi sassiqning oʻzi sassiq.
 
 Gapi toʻmtoqning oʻzi toʻmtoq.
 
 Gapi toʻngning oʻzi toʻng.
 
 Gapning yomoni pichir.
 
 Goʻsht-yogʻ berma, yaxshi til ber.
 
 Donning achchigʻi yaxshi,
Soʻzning — shirini.
 
 Duo bilan el koʻkarar,
Yomgʻir bilan yer koʻkarar.
 
 Duo olgan koʻkarar,
Tuhmat olgan oqarar.
 
 Duo olgan omondir,
Qargʻish olgan yomondir.
 
 Yomon gap — bosh qozigʻi,
Yaxshi gap — jon ozigʻi.
 
 Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
 
 Yomon gap tarsakidan yomon.
 
 Yomon gapning oyogʻi olti.
 
 Yomon soʻz boʻlmasa,
Yaxshi soʻz boʻlmaydi.
 
 Yomon soʻzlab sovutma,
Jon ogʻritib ovutma.
 
 Yomon soʻzning qanoti bor.
 
 Yomonning tili bor,
Yaxshining — dili.
 
 Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan soʻzi qursin.
 
 Yomonning yaxshi soʻzidan,
Yaxshining yomon soʻzi yaxshi.
 
 Jigʻli qargʻish jigʻini topar,
Jigʻsiz qargʻish — oʻzini.
 
 Zahar til suyakni yorar.
 
 Iliq soʻz — shakar,
Sovuq soʻz — zahar.
 
 Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq soʻz jonni ilitar.
 
 Kishining oʻzi yetmagan yerga soʻzi yetar.
 
 Kuch egmaganni soʻz egar.
 
 Koʻzdan koʻzing toysa,
Soʻzdan koʻngling toyar.
 
 Koʻngilni qoʻl bilan ovlamasang,
Til bilan ovla.
 
 Koʻngilsiz gapning kechikkani yaxshi.
 
 Mazali soʻzga quloq charchamas.
 
 Maʼqul soʻzga qoruv yoʻq.
 
 Ming chechanni bir ezma yengar.
 
 Muzdan suv tomar,
Soʻzamoldan — bol.
 
 Ovni — oziq bilan,
Odamni — soʻz bilan.
 
 Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — soʻz.
 
 Odam gap bilan,
Hayvon oʻt bilan.
 
 Odam soʻzi bilan sinalar,
Osh — tuzi bilan.
 
 Odam — soʻzlashguncha,
Yilqi — kishnashguncha.
 
 Odam soʻzlashib tanishar,
Hayvon — hidlashib.
 
 Odam soʻzlashar,
Hayvon yalashar.
 
 Olim soʻzi oz,
Oz boʻlsa ham soz.
 
 Orqadagi gap — ogʻildagi tezak.
 
 Ochiq til osh yedirar,
Achchiq til tosh yedirar.
 
 Oq degani — olqish,
Qora degani — qargʻish.
 
 Ogʻizga kelgan soʻz arzon,
Ovulga kelgan boʻz arzon.
 
 Ogʻizdan chiqqan soʻz qaytmas.
 
 Ogʻrigan joyga qoʻl yugurar,
Ogʻritar soʻzga til yugurar.
 
 Pichir-pichirdan oʻt chiqar.
 
 Puling boʻlmasa, boʻlmasin,
Shirin soʻzing boʻlsin.
 
 Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan koʻp yashar.
 
 Sen ham — bir ogʻizdan,
Siz — ham.
 
 Sovuq gap yurakni muzlatar.
 
 Suv oʻz yoʻlini topar,
Soʻz — oʻz egasini.
 
 Suyaksiz til suyak sindirar.
 
 Soʻz — bir, sayqal — qirq.
 
 Soʻz kaltada,
Un xaltada.
 
 Soʻz nayzadan oʻtkir.
 
 Soʻz oyoqdan ilgari borar.
 
 Soʻz ojizi boʻlguncha,
Koʻz ojizi boʻl.
 
 Soʻz suyakdan oʻtar,
Tayoq — etdan.
 
 Soʻz chumchuq emas,
Ogʻizdan chiqsa, tutib boʻlmas.
 
 Soʻz emgak boʻlar,
Boʻz — koʻylak.
 
 Soʻzda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
 
 Soʻzdan soʻzning farqi bor,
Oʻttiz ikki narxi bor.
 
 Soʻzdan soʻz chiqar,
Soʻzlamasang na chiqar.
 
 Soʻzi nodurustning oʻzi nodurust.
 
 Soʻzlagandan soʻzlamagan yaxshiroq,
Soʻzlab edim, boshimga tegdi tayoq.
 
 Soʻzni bir ezmadan soʻra,
Bir — kezmadan.
 
 Soʻzni soʻz ochar.
 
 Soʻzning boyligi — odamning chiroyligi.
 
 Soʻzning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
 
 Soʻzning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
 
 Tayogʻi yoʻgʻon birni urar,
Soʻzi yoʻgʻon mingni urar.
 
 Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
 
 Taom lazzati oʻzida.
Odam lazzati — soʻzida.
 
 Til — aql bezagi.
 
 Til — aql tarozusi.
 
 Til — aql oʻlchovi.
 
 Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.
 
 Til — dil kaliti.
 
 Til — dil tarjimoni.
 
 Til — dil jarchisi.
 
 Til tigʻi qilich tigʻidan oʻtkir.
 
 Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
 
 Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
 
 Til tigʻdan oʻtkir.
 
 Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz.
 
 Tilga eʼtibor — elga eʼtibor.
 
 Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.
 
 Tili nopok — oʻzi nopok.
 
 Tili shirinning doʻsti koʻp.
 
 Tilni bogʻla dil bilan,
Dilni bogʻla til bilan.
 
 Tigʻ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
 
 Toza suvni yer olar,
Yaxshi soʻzni el olar.
 
 Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
 
 Toʻqson ogʻiz soʻzning toʻqsonta tuguni bor.
 
 Uzun til — boshga toʻqmoq,
Boʻyinga — sirtmoq.
 
 Uzun til — umr zavoli.
 
 Uzun tilim — uzgin tilim,
Qisqa tilim — tizgin tilim.
 
 Fil koʻtarmaganni til koʻtarar.
 
 Xabar — shamoldan tez.
 
 Xotin soʻzini qondirar,
Er urugʻidan tondirar.
 
 Xushxabarning ming qanoti bor.
 
 Chin soʻz — moʻtabar,
Yaxshi soʻz — muxtasar.
 
 Shakar ham tilda,
Zahar ham tilda.
 
 Shirin soʻz shakardan shirin.
 
 Shirin soʻz oʻlikni ham tiriltirar.
 
 Shirin soʻz — qaymoqli ayron,
Achchiq soʻz — boʻyniga arqon.
 
 Shirin-shirin soʻzlasang,
Ilon inidan chiqar.
Achchiq-achchiq soʻzlasang,
Musulmon dinidan chiqar.
 
 Shirin yuzingdan shirin soʻzing aʼlo.
 
 Egasiz qargʻish egasini topar.
 
 El bor yerda soʻz bor.
 
 El qoʻshiq bilan tirik.
 
 El gʻaznasi — eski soʻz.
 
 Eldagi gap — dildagi gap.
 
 Elli(k) gapdan belli gap yaxshi.
 
 Elni sevsang, elcha gapir.
 
 Er boyligi — yoʻlda,
Soʻz boyligi — tilda.
 
 Er — lafzidan,
Qoʻy — boʻgʻzidan.
 
 Er soʻzi — el soʻzi.
 
 Etigi yomon toʻr bulgʻar,
Ogʻzi yomon — el.
 
 Yuz yuzdan shirin,
Soʻz soʻzdan shirin.
 
 Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
 
 Yaxshi gapga quloq sol,
Yomon gapga uloq sol.
 
 Yaxshi gapning ham qulogʻi bor,
Yomon gapning — ham.
 
 Yaxshi naql — tomiri aql.
 
 Yaxshi osh berguncha, yaxshi soʻz ber.
 
 Yaxshi ogʻizga — osh,
Yomon ogʻizga — tosh.
 
 Yaxshi soʻz boldan shirin.
 
 Yaxshi soʻz boʻldiradi,
Yomon soʻz kuydiradi.
 
 Yaxshi soʻz iydirar,
Yomon soʻz bezdirar.
 
 Yaxshi soʻz — koʻngil podshosi.
 
 Yaxshi soʻz suyuntirar,
Yomon soʻz kuyuntirar.
 
 Yaxshi soʻz — yurak yogʻi,
Yomon soʻz — yurak dogʻi.
 
 Yaxshi soʻz — yurakka malham,
Yomon soʻz — yurakka gʻam.
 
 Yaxshi soʻzga uchar qushlar el boʻlar,
Yomon soʻzga pashsha kuchi fil boʻlar.
 
 Yaxshi soʻzdan — vafo,
Yomon soʻzdan — vabo.
 
 Yaxshi soʻzdan moy eriydi,
Yomon soʻzdan soy quriydi.
 
 Yaxshi soʻzning mazasini bilmagan,
Yomon soʻzning izzasini bilmas.
 
 Yaxshining soʻzi — oltin,
Yomonning soʻzi — bolta.
 
 Yaxshining soʻzi toshni eritar,
Yomonning soʻzi boshni chiritar.
 
 Yaxshining soʻzi — qaymoq,
Yomonning soʻzi — toʻqmoq.
 
 Yaxshi-yaxshi desa,
Kunda tariqday yaxshilik qoʻshilar emish.
Yomon-yomon desa,
Kunda tariqday yomonlik qoʻshilar emish.
 
 Oʻz aqling aqldir,
Elning aqli naqldir.
 
 Oʻzi sovuqning — soʻzi sovuq.
 
 Oʻn ogʻiz soʻz ming ogʻiz boʻlar.
 
 Oʻtarchining nashtari yeng ichida,
Zahar xotin nashtari til uchida.
 
 Oʻttiz tishdan chiqqan soʻz,
Oʻttiz uruqqa tarqalar.
 
 Oʻq birni oʻldirar,
Soʻz — mingni.
 
 Qargʻishning ikki uchi boʻlar.
 
 Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.
 
 Qizil tilim boʻlmasa,
Qishlar edim elimda.
Yashil tilim boʻlmasa,
Yayrar edim elimda.
 
 Qizil tilim tiyolmadim,
Qizimnikiga borolmadim.
 
 Quruq soʻz bosh ogʻritar,
Yoriq qoshiq ogʻiz yirtar.
 
 Qoʻyning qimmati — yungida,
Odamning qimmati — soʻzida.
 
 Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.
 
 Sel ariqni buzar,
Yomon soʻz — dilni.
 
 Quloqdan kirgan sovuq soʻz
Koʻngilga borib muz boʻlar.
 
 Qoʻtir qoʻldan yuqar,
Balo — tildan.
 
 Doʻst orttiraman desang,
Shirin suhbat qil!
Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan boʻl!
 
 Har kim oʻz tili bilan tirik.
 
 Yaxshiga qilsang yaxshilik –
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonga qilsang yaxshilik –
Na aytadi, na qaytadi.
 
 Yaxshi soʻz toʻrga eltar,
Yomon soʻz — goʻrga.
 
 Har mevaning poʻchogʻi bor,
Har soʻzning oʻlchovi bor.
 
 Shirinsoʻz shoh kosasida suv ichar.
 
 Hikmat — bir hovuch oltin.
 
 Oz gapir — soz gapir.
 
 Yoʻl quvgan xazinaga yoʻliqar,
Soʻz quvgan — baloga.
 
 Tuya ham muomalaga choʻkar.
 
 Tilingda boʻlsa boling,
Kulib turar iqboling.
 
 Yaxshi soʻz qand yedirar,
Yomon soʻz pand yedirar.
 
 Yomon til boshga balo keltirar,
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.
 
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz

Check Also

YOMGʻIR YOGʻGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?

Alloh taoloning neʼmatlari behisob. Uning Oʻzi bu xususda: “Agar Allohning neʼmat(lar)ini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmaysiz”[1], …