Home / VIDЕOLAR / Markazida Hadis ilmi maktabining 7 nafar bitiruvchisi bir oy davomida ilmiy amaliyot oʻtadi

Markazida Hadis ilmi maktabining 7 nafar bitiruvchisi bir oy davomida ilmiy amaliyot oʻtadi

Amaliyot jarayonida talabalar Imom Buxoriy qalamiga mansub “at-Tarixul avsat” asarining ikkinchi jildini tarjima qilish ustida ish olib bordi. Asarning mazkur jildi 16 bobdan iborat boʻlib, unda 477 nafar roviy haqida maʼlumot jamlangan. Unda sahobalar, tobeinlar va ularning izdoshlarining hayoti, nasabi hamda oʻzaro ilmiy aloqalariga doir muhim maʼlumotlar oʻrin olgan.

Amaliyot samaradorligini oshirish maqsadida har bir amaliyotchiga ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq tajribali ilmiy xodim biriktirildi. Ilmiy rahbarlar talabalarga manbalar bilan ishlash, matn tahlili, tarjima uslubi hamda ilmiy tadqiqot metodologiyasi boʻyicha amaliy koʻmak berdi.

Tas-ix:

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

no comment | Dolzarb mavzularda nashr etilgan risola va bukletlar taqdimoti

Tas-ix: