Home / FOTO LAVHALAR / Ilm-fan va madaniy meros rivoji yoʻlida

Ilm-fan va madaniy meros rivoji yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya Qurʼon nashriyoti olimi Abdulloh Subhiy Marʼiy rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonlarni muzeyning ekspozitsiyalari, qoʻlyozmalar fondi, ilmiy ishlanmalar va mavjud sharoitlar bilan tanishtirdi. Delegatsiya aʼzolariga Markazning allomalar ilmiy merosini oʻrganish, qoʻlyozmalarni tadqiq etish va raqamlashtirish, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi. Tomonlar ilmiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi. Ikki muassasa oʻrtasida kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan akademik aloqalar, tadqiqot yoʻnalishlari va tashkiliy masalalar boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Malayziya vakillari Markaz faoliyati, muzey va ilmiy infratuzilmasini yuqori baholab, bunday muassasalarning mamlakatda ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida eʼtirof etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

TASAVVUF TARIXINI TADQIQ ETISHDAGI YANGI YONDASHUV VA USLUBLAR

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va …