Home / IMOM DORIMIY / SUNANI DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1253. Molik ibn Huvayrisdan rivoyat qilinadi:

“Qavmimdan bir jamoa bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldik. Biz yosh yigitlar edik. U zot huzurlarida yigirma kun turdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda mehribon edilar. U zot ahlimizga sogʻinchimizni koʻrib: “Ahli oilangiz oldiga qaytib, ular bilan birga boʻling. Ularga (imonni) buyuring va (dinni) oʻrgating. Mening namoz oʻqiganimni koʻrganingiz kabi namoz oʻqing. Namoz vaqti kirganda, orangizdan biringiz siz uchun azon aytsin, soʻng yoshi ulugʻingiz sizga imom boʻlsin”, dedilar”.

Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Check Also

SUNANI DORIMIY

1407. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda namoz oʻqiyotgan joyida qimirlamay (boshqa …