
239. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo ilmni insonlardan tortib olib qoʻymaydi, lekin ilmning olinishi ulamolarni vafot ettirish bilan boʻladi. Birorta ham olimni qoldirmagach, odamlar oʻziga johillarni rahbar qilib oladi. Soʻng ularga savol berilsa, ilmsiz fatvo berib, (oʻzi) adashadi va (oʻzgalarni ham) adashtiradi”, dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





