Home / IMOM DORIMIY / SUNANI DORIMIY

SUNANI DORIMIY

289. Makhul soʻzlab berdi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilmli kishining ibodatli kishidan afzalligi mening orangizdagi eng quyi darajadagi kishidan afzalligim kabidir”, dedilar. Soʻng: “Bandalari orasida ulamolargina Allohdan qoʻrqurlar”(Fotir surasi, 28-oyat) oyatini tilovat qildilar-da, “Albatta, Alloh taolo, farishtalar, osmonlar va Yer ahli hamda dengizdagi baliqlar odamlarga yaxshilikni oʻrgatadigan kishiga salavot aytadi”, dedilar”.

Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Check Also

SUNANI DORIMIY

1407. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda namoz oʻqiyotgan joyida qimirlamay (boshqa …