100 ta SIR-ASRORLI IBORA yoxud ODAMLAR BILAN MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI 100 ta “SEHRLI SOʻZ” ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
1) Assalomu alaykum!
2) Katta rahmat Sizga!
3) Umrbod minnatdorman Sizdan!
4) Umringiz uzoq boʻlsin!
5) Xoʻp boʻladi!
6) Ming bor uzr soʻrayman Sizdan!
7) Kechirasiz!…
8) Sizdan kechirim soʻrayman!
9) Mendan oʻtdi! Uzr soʻrayman! Kechiring!
10) Siz nima desangiz – shu!
11) Sizning gapingiz – men uchun qonun!
12) Sizning gapingiz – biz uchun qonun!
13) Labbay?!?
14) Eshitaman?!?
15) Amringizga muntazirman!
16) Minnatdorman!
17) Juda toʻgʻri aytdingiz!
18) Toʻgʻri aytasiz!
19) Gapingiz nihoyatda toʻgʻri!
20) Fikringiz juda maʼqul!
21) Iltimos Sizdan, kechiring!..
22) Iltimos, meni kechiring!..
23) Toʻgʻri aytdingiz!
24) Sizni juda yaxshi tushunib turibman!
25) Qoʻllaringiz dard koʻrmasin!
26) Sizga gap yoʻq!
27) Juda chiroyli!
28) Juda-juda maʼqul!
29) Bu ham yaxshilikka!
30) Bunda ham bir hikmat bor!..
31) Muammo yoʻq!
32) Hech qanday muammo yoʻq!
33) Hech qanday eʼtirozim yoʻq!
34) Ovora boʻlmang!
35) Aslo ovora boʻlmang!
36) Hecham ovora boʻlmang!
37) Sizni ovora qilganim uchun ming bor uzr soʻrayman Sizdan!
38) Hijolat boʻlmang!
39) Yaxshi kunlaringizda qaytaraylik!
40) Toʻylaringizda qaytaraylik!
41) Doim xizmatlaringizdamiz!
42) Koʻnglingiz toʻq boʻlsin!
43) Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi!
44) Boringizga shukr!
45) Ming bor uzr!
46) Ming bor-ming bor uzr!
47) Zoʻr chiqibdi, yarashibdi!
48) Ming bor-ming bor uzr soʻrayman sizdan!
49) Men xato qildim, uzr, kechirasiz!
50) Aybimni tan olaman, kechirasiz!
51) Uzr-uzr-uzr!
52) Ikkinchi unday qilmayman, kechiring!
53) Boshqa takrorlanmaydi, kechirasiz!
54) Bir qoshiq qonimdan keching!
55) “Bunda ham bir hikmat bor…” deyiladi-yu oʻzi…
56) Katta iltimos Sizdan!
57) Bilmay qolibman, uzr, kechirasiz!
58) Oʻtinib soʻrayman Sizdan!
59) Mana shu xislatingizga tan beraman-da!
60) Shu feʼlingizga gap yoʻq-da!
61) Sizdan rosa ham minnatdorman!
62) Tashakkurlarim Sizga!
63) Eʼtiboringiz uchun katta rahmat Sizga!
64) Sizga katta rahmat mehrli eʼtiboringiz uchun!
65) Mehrli eʼtiboringiz uchun Sizga katta rahmat!
66) Siz nima desangiz – shu!
67) Siz qanday aytsangiz, xuddi shunday boʻladi!
68) Bajaramiz! Xoʻp boʻladi!
69) Zoʻr!
70) Juda-juda zoʻr!
71) Gap yoʻq!
72) Qoyil!
73) Juda ajoyib!
74) Juda ham chiroyli!
75) Mutlaqo gap yoʻq!
76) Sizga yoqsa – boʻldi!
77) Sizga yoqqani – bizga yoqqani!
78) Ana endi koʻngildagiday boʻldi!
79) Mana endi xotirjam boʻldim!
80) Xizmatingizdaman!
81) Oʻzingizni ehtiyot qiling!
82) Doim sogʻ-omon boʻling!
83) Hormang!
84) Juda xursand boʻldim!
85) Men Sizdan kechirim soʻrayman!
86) Zoʻr chiqibdi!
87) Juda ham zoʻr chiqibdi!
88) Oldindan katta rahmat Sizga!
89) Umuman gap yoʻq!
90) Gap boʻlishi mumkin emas!
91) Sizning hurmatingiz biz uchun cheksiz!
92) Sizning hurmatingiz men uchun cheksiz!
93) Tarbiyangizga qoyil qoldim!
94) Sizga tarbiya bergan Ota-onangizga ming rahmat!
95) Tan berdim!
96) Tan bermasdan iloji yoʻq!
97) Ofarin!
98) Uzr! Uzr! Uzr!
99) Meni kechiring, iltimos Sizdan!
100) Ming-ming-ming bor kechirim soʻrayman Sizdan!
Chegarasi yoʻq) …
*SIZ yana qoʻshishingiz mumkin…
**ENG muhimi: jumlalarni OʻZ VAQTIDA va OʻZ OʻRNIDA ishlatish !!!
***ENG asosiysi: ushbu soʻzlar faqat TILdan emas, balki DIL (!) dan chiqsagina SIR-ASRORLI va “SEHRLI” boʻladi…
Mehribon Parvardigorimiz oʻzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Oʻzi buyurgan, Janobi Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizning ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, ota-onalarimiz rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov