Home / MAQOLALAR / SADAQA (ehson) ning eng noyob 80 ta TURI

SADAQA (ehson) ning eng noyob 80 ta TURI

«Kimki bir hasana (savobli ishqilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat oʻsha gunoh miqdorida bir gunohga yarasha jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay» (Qurʼoni karim. Anʼom surasi 6/160).

¯ “Yarimta xurmo bilan boʻlsa ham oʻzingizni doʻzaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa, shirin soʻz bilan!” (Hadisi sharif).

 

DONO XALQIMIZ MAQOLLARIDAN:

Himmati yoʻqning
Hurmati yoʻq.

Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan – el.

Yaxshi topsa – elga yoyar,
Yomon topsa – goʻrga yoyar.

Olarda hisobi toʻqqiz,
Berarda sanogʻi – oʻttiz.

Baxil avliyo boʻlmas,
Avliyo baxil boʻlmas.

Hasad koʻchatini ekkan
Balo mevasini yer.

Saxiyning xayriga baxilning boshi ogʻrir.

 Ahmoqda aql boʻlmas,
Aqlli baxil boʻlmas.

Hasad oʻtini daryo uchirolmas.

Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar.

Bermasning oshi pishmas,
Pishsa ham qozondan tushmas.

Saxiy topsa – oʻrtada,
Baxil topsa – xaltada.

Yaxshining koʻngli – togʻ,
Baxilning koʻngli – dogʻ.

Xasisning pulidan yulduz yaqin.

Qamish suvga toʻymas,
Xasis – pulga.

Saxiy boʻlmasa, baxil harom oʻlar.

Himmatli koʻkka koʻtarilar,
Himmatsiz – yerga koʻmilar.

  1. Taom bilan siylash – eng xayrli sadaqadir.
  2. Birodaringizning yuziga tabassum qilishingiz – sadaqa.
  3. Qarindoshga yaxshilik qilish – sadaqa.
  4. Zakot berish – sadaqa.
  5. Ushr berish – sadaqa.
  6. Fitr roʻza berish – sadaqa.
  7. Ikki kishi oʻrtasida adolatli boʻlish – sadaqa.
  8. Yoʻldagi ozor beruvchi narsani daf etish – sadaqa.
  9. Shirin soʻz aytish – sadaqa.
  10. Oila aʼzolariga mehr-muruvvat qilish – sadaqa.
  11. Oʻz farzandlarini tartib-intizomga oʻrgatish – sadaqa.
  12. Yetimlarga yordam berish – sadaqa.
  13. Boquvchisi yoʻq oilaga yordam qilish – sadaqa.
  14. Qiynalgan insonga yordam berish – sadaqa.
  15. Odamlarga chiroyli muomala qilish – sadaqa.
  16. Ovqat tayyorlash – sadaqa.
  17. Ikki kishi oʻrtasini adolat bilan isloh etish – sadaqa.
  18. Chelagingizdagi suvni birodaringizning chelagiga quyib berish –
  19. Yordam soʻrab kelgan hojatmandga yordam berish – sadaqa.
  20. Kishiga birinchi boʻlib salom berish – sadaqa.
  21. Kishiga ulovi borasida yordam berish – sadaqa.
  22. Bir kishini ulovga minishiga koʻmaklashish – sadaqa.
  23. Bir odamni yukini koʻtarib olib berish – sadaqa.
  24. Shahvatini halol yoʻl bilan qondirish – sadaqa.
  25. Bir insonni mushkulini oson qilish – sadaqa.
  26. Qarzni toʻlashga qiynalayotganga haq egasi muhlatni choʻzib bersa, har kuni haq egasi bergan qarzi miqdoricha sadaqaning savobi yoziladi.
  27. Qarzdorning qarzini kechib yuborgan kishiga Qiyomatgacha har kuni shuncha sadaqa qilganning savobi yozilib turadi.
  28. Kishi oʻz farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi – sadaqa.
  29. Namoz sari bosilgan har bir qadam – sadaqa.
  30. Yaxshilik qilish – sadaqa.
  31. Yaxshilikka buyurish – sadaqa.
  32. Yomonlik qilmaslik – sadaqa.
  33. Yomonlikdan qaytarish – sadaqa.
  34. Qarz soʻrab kelgan kishiga qarz berib turish – sadaqa.
  35. Qarzdor kishining qarzlarini toʻlab berish – sadaqa.
  36. Odamlarga yaxshi soʻz aytish – sadaqa.
  37. Oʻzidan kichikka rahmdillik qilish – sadaqa.
  38. Oʻzidan kattani hurmatini joyiga qoʻyish – sadaqa.
  39. Musulmonlarga gʻoyibdan turib duo qilish – sadaqa.
  40. Musulmon kishining bir insonga yordam berishi – sadaqa.
  41. Birovni ogʻirini yengil qilish – sadaqa.
  42. Yoʻlda adashgan kishiga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib, uni yoʻllab qoʻyish – sadaqa.
  43. Iftorlik qilib berish – sadaqa.
  44. Kishini mehmon qilish – sadaqa.
  45. Qoʻshniga yaxshilik qilish – sadaqa.
  46. Moʻminning koʻnglini xursand etish – sadaqa.
  47. Tilni behuda gaplardan tiyish – sadaqa.
  48. Gʻiybatdan saqlanishlik – sadaqa.
  49. Ehtiyojmandlarga yaxshilik ulashish – sadaqa.
  50. Kishining uzogʻini yaqin qilish – sadaqa.
  51. Koʻzi ojiz kishini toʻgʻri yoʻnalishga tushirib qoʻyish – sadaqa.
  52. Odamlar uchun foydali ilm oʻrgatish – sadaqa.
  53. Yomonlikdan saqlanish – sadaqa.
  54. Odamlarga suv ulashish – sadaqa.
  55. Kelisholmay qolganlarning oʻrtasini isloh qilish – sadaqa. 
  56. Yoʻlovchiga yordam koʻrsatish – sadaqa.
  57. Bemor holidan xabar olish – sadaqa.
  58. Koʻngliozorni xursand qilish – sadaqa.
  59. Azador insonni koʻnglini koʻtarish – sadaqa.
  60. Bilib-bilmay xafa qilgan insonni kechirish – sadaqa.
  61. Bilib-bilmasdan yomonlik qilgan odamni kechirish – sadaqa.
  62. Odamlarga yaxshi tilak tilashlik – sadaqa.
  63. Insonlarga yaxshi gumonda boʻlishlik – sadaqa.
  64. Mevali koʻchat oʻtqazib yoki biron ekin eksa, undan odamlar, hayvon-parrandalar yesa – sadaqa.
  65. Koʻzi yaxshi koʻrmaydigan kishiga bir narsani koʻrsatib qoʻyish – sadaqa.
  66. Xalq uchun kerakli ziyo, ilm tarqatish – sadaqa.
  67. Bogʻ barpo boʻlishiga hissa qoʻshish – sadaqa.
  68. Hayvon-parrandalarni parvarish qilish – sadaqa.
  69. Ekilgan ekin-tekinlarni parvarish qilish – sadaqa.
  70. Ijozat etilgan hayvon-parrandalarni uyda boqish – sadaqa.
  71. Ruxsat berilgan ekin-tekinlarni ekib-oʻstirish – sadaqa.
  72. Oʻz libosi va taomida, uyi va ishxonasida, jamoat joylari, koʻcha va har qanday joyda tozalik, halollik, poklik va ozodalikka rioya qilish – sadaqa.
  73. Yurgan yoʻlda zikr bilan mashgʻul boʻlishlik – sadaqa.
  74. Yoʻl harakatida imkoni boʻlganda boshqa insonga yoʻl berish – sadaqa.
  75. Masjidda oʻzi egallab oʻtirgan joyni boshqa odamga berish – sadaqa.
  76. Qoʻni-qoʻshni, aka-uka, opa-singil, qarindosh va (hokazo) lar roʻzgʻor buyumlaridan vaqtincha ishlatishga soʻrab turganda berib turish – sadaqa.
  77. Uyda, koʻchada va barcha jamoat joylarida biror narsa umidvor boʻlib, soʻrab kelgan insonni quruq qaytarmaslik – sadaqa.
  78. Koʻpchilik foydalanish uchun zarur narsa (gaz, svet, suv kabi)larni oʻtkazishda hissa qoʻshish – sadaqa.
  79. Koʻpchilik foydalanadigan joy (maktab, shifoxona, mehmonxona, koʻprik, yoʻl, qabriston, masjid kabi)lar qurilishi va obodligiga hissa qoʻshish – sadaqa.
  80. Koʻpchilik foydalanadigan inshoot (zavod, fabrika kabi)larni barpo etilishida hissa qoʻshish – sadaqa.

(Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalari va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).

Ibrohimjon domla Inomov

Check Also

KICHIK YOSHDAGI SAHOBALAR

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu Zayd yoshligidanoq judayam zakovatli bola edi. Oilasi bilan birga Madinada …