Home / FOTO LAVHALAR / “Ayolga ehtirom – azaliy qadriyat”

“Ayolga ehtirom – azaliy qadriyat”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Markaz ilmiy xodimlari ishtirokida o‘tgan tadbirda ayol sha’nining ulug‘lanishi milliy va diniy qadriyatlarimizda o‘z aksini topgani, xotin-qizlarning jamiyatda tutgan muhim o‘rni, shuningdek, mamlakatimizda ularga qaratilayotgan e’tibor masalalariga alohida urg‘u berildi.

Markaz direktori Sh.Ziyodov bu sananing ahamiyati, xalqimizning ayollarga munosabat bobida qaror topgan ko‘p asrlik xayrli an’analari, xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik va muruvvat haqida so‘zladi. Zero, ertaga ona bo‘ladigan qizga e’tibor kelajakka e’tibordir.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida ko‘plab muhim qadamlar qo‘yildi. Bu borada mustahkam huquqiy poydevor yaratilib, ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.

Tadbirda o‘zbek xalqiga xos boy tarixiy va diniy qadriyatlar asosida ayollarning jamiyatdagi o‘rni va maqomi xususida qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar tinglandi. So‘zga chiqqanlar Sharq an’analarida ayollar har doim yuqori qadrlanib, ulug‘langani, ular nafaqat oilaning, balki jamiyatning asosiy ustunlaridan biri ekani, ta’lim-tarbiya va madaniyatni yuksaltirishda ayollarning cheksiz hissasini ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan jamoaning eng latofatli qatlamiga – munis ayollarga sovg‘alar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Alloma ajdodlar merosi – yoshlarga ibrat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan …