Home / IMOM DORIMIY / SUNANI DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1183. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

“U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Nima deb oʻylaysiz, agar sizdan biringizning eshigi oldida bir anhor boʻlsa-yu unda har kuni besh marta yuvinsa, aytingchi, unda kir qoladimi?” deb aytayotganlarini eshitdi. Shunda ular (sahobalar): “Unda kir qolmaydi”, dedi. Soʻng u zot: “Besh vaqt namoz ham xuddi shunday. Alloh taolo ular bilan xatolarni oʻchiradi”, dedilar”.

Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan