Home / MAQOLALAR / TAOMLANISH SIRLARI (4-qism)

TAOMLANISH SIRLARI (4-qism)

TAOMLANISH  SIRLARI (7 qismdan iborat)ni ULUGʻ  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

XALQ  MAQOLLARI

  • Chaqirilgan yerga bor, chaqirilmagan yerda senga nima bor? 
  • Nafsini tiygan kishi sulton boʻlur, nafsini tiymagan kishi ulton boʻlur. 
  • Nafsini tiygan – valiy. 
  • Nokasning oʻzi toʻysa ham, koʻzi toʻymas. 
  • Non ham – non, ushogʻi ham – non. 
  • Non bolasi – nonushoq. 
  • Olgʻirlik ofat keltirar, badnafslik – halokat. 
  • Kam-kam yesang – doim yersan, koʻp-koʻp yesang – neni yersan? 
  • Otangga ne qilsang, oldingga shu kelar. 
  • Nonga hurmat – elga hurmat. 
  • Non ham – non, uvogʻi ham – non. 
  • Nonning uch kunligini, goʻshtning bir kunligini yegin. 
  • Non hidida hayot bor, har magʻzida mamot bor. 
  • Non boʻlsa – bas, oʻzgasi – havas. 
  • Nonsiz yashab boʻlmas, gapni oshab boʻlmas. 
  • Qirib yesang, qirq kunga yetar, oʻyib yesang – oʻn kunga. 
  • Har kuni yema palovni, har kuni yoqqin olovni. 
  • Hisobini bilgan – bir yil yetim, hisobini bilmagan – oʻlguncha yetim. 
  • Hamyonini qadrlagan hisobini puxta qilar. 
  • Tovuqni yesang – bir yeysan, tuxumini yesang – ming yeysan. 
  • Tejab yegan – darmonda, tyejamagan – armonda. 
  • Erta turgan yigitning bir rizqi ortiq, erta turgan ayolning bir ishi ortiq. 
  • Qanoat toʻrga eltar, ochkoʻzlik – goʻrga.

 

TIBBIYOT  OLIMLARINING  TADQIQOT  NATIJALARI:

  • Inson koʻp yeganda:

yurak qisilib, tiniq ishlamaydi;

miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi;

oshqozon zoʻriqib ishlaydi;

odamning tanballigi ortadi;

kamhafsala va seruyqu boʻlib qoladi.

  • Koʻp ovqat yeyish – inson tabiatiga yot narsa:

shifokorlar hamisha koʻp taom yeyishdan qaytarishgan, kam taomlanishning koʻplab foydalarini aytib oʻtishgan.

  • Qirq kundan ziyod umuman goʻsht yemaslikning zarari bor. 
  • Muntazam ravishda koʻp goʻsht isteʼmol qilish sogʻliqqa zararlidir. 
  • Sut yoki sutli taom bilan baliq, tuxum va nordon narsani, qovurilgan goʻsht bilan qaynatilganini, eski goʻsht bilan yangisini, mijozi turlicha boʻlgan ovqatlarni bir-biriga aralashtirib yeyish, hidlangan taomni isteʼmol qilish yaramaydi.  
  • Ovqatlarni bir-biriga aralashtirib yeb boʻlmaydi;

masalan, qatiqdan soʻng gʻoʻr uzumni, barcha turdagi ovqatlardan keyin oʻrik va shaftoli yeb boʻlmaydi;

gʻoʻr uzum bilan baliqni, sirka bilan sarimsoqni, piyoz bilan sarimsoq piyozni ham aralashtirib isteʼmol qilish yaramaydi.

  • Asal bilan qovunni, tovuq goʻshti bilan baliqni, sarimsoq, boqila, ayron va qatiqni ham aralashtirib boʻlmaydi. 
  • Ovqatlanishda tez va shitob bilan yeyish sogʻliqqa zarar qiladi. 
  • Zamonaviy tibbiyot ham tik turgan holda shoshilib ovqatlanish taomning yaxshi hazm boʻlmasligi va semirib ketish sabablaridan ekanini aniqladi. 
  • Zamonaviy fan barmoqlar uchlarida ishtaha qoʻzgʻashga va ovqat hazmiga yordamlashadigan nuqtalar borligini kashf etdi. 
  • Kishi och qolganda ovqatga qoʻl uzatsa, juda ham toʻyib ketmasdan oldin yeyishni toʻxtatsa, hech qachon betob boʻlmaydi. 
  • Suvni terlab turganda ichish yaxshi emas. 
  • Uyqudan uygʻonar-uygʻonmas darhol suv ichish toʻgʻri emas. 
  • Qishda quvvatliroq, yozda esa yengil hazm boʻladigan taom va meva-sabzavotlarni tanovul qilish. 
  • Dasturxondan asal, uzum, xurmo, zaytunni uzmaslik. 
  • Charchaganda shirinlik yeyish. 
  • Bir oyda bir kun boʻlsa ham roʻza tutib, tanaga dam berish. 
  • Ovqat tez yeyilmaydi. 
  • Ovqat shoshilmasdan, yaxshi chaynab yeyiladi. 
  • Taomni yaxshilab chaynamay yutmaslik. 
  • Taom bilan ichimlik oʻtirib tanovul qilinadi. 
  • Olingan luqmalar yaxshilab chaynab, soʻng yutiladi. 
  • Iloji boricha oʻng tarafda chaynagan maʼqul. 
  • Ovqatlanish meʼyorida boʻlgani maʼqul. 
  • Taom issiq yoki juda sovuq holda yeyilmaydi. 
  • Sarxil ovqatlar, muntazam quyuq ziyofatlarni yaxshi koʻrish odamni yalqov qilib qoʻyadi, sogʻligiga putur yetkazadi, toatdan chalgʻitadi. 
  • Goʻshtli taomlar muntazam yeyilmaydi, tark ham qilinmaydi. 
  • Nonning qotgani yoki eskirganini isteʼmol qilish zararli emasligi, hatto ayrim kishilarning salomatligi uchun foydali ekanligi turli yoʻllar bilan isbotlangan. 
  • Taomlanish paytida kitob-gazeta oʻqish, televizor koʻrish, telefon va boshqa mashgʻulotlar bilan band boʻlish salomatlik uchun zararli. 
  • Qorin toʻyguncha yeyish ham durust emas. 
  • Taomdan keyin aslo sovuq suv ichmaslik. 
  • Zamonaviy fan ham tik turib suv ichish zararligini isbotlagan. 
  • Tishlarni ovqatlangandan soʻng tozalab, yuvib yurishga odatlangan odam aslo tish ogʻrigʻiga uchramaydi. Bunday kishining milklari sogʻlom boʻlur. 
  • Buyuk Britaniyaning Aston davlat ilmiy-tadqiqot universiteti olib borgan tadqiqot natijalariga koʻra, yerga tushib ketgan yegulikni besh soniya ichida yerdan olib isteʼmol qilish sogʻliq uchun xavfsiz ekan. Chunki bu vaqt ichida hech qanday mikroorganizm yegulikka tegishga yoki uni zararlashga ulgurmas ekan. 
  • Oilaviy kechki ovqat foydali. Birgalikda ovqatlanish anʼanasi nafaqat oilaviy munosabatlarni mustahkamlaydi, balki sogʻlom ovqatlanish odatlarining shakllanishiga ham hissa qoʻshadi.
     

Bu ayniqsa bolalar uchun juda muhimdir – bolalarda yolgʻiz ovqatlanish kelajakda ovqatlanish qoidalarini buzilishi xavfini oshiradi. Shunday qilib, kuniga kamida ikki marta ota-onasidan alohida ovqatlanadigan bolalarda semirish xavfi 40 % yuqori.
 

Oilasi bilan haftasiga 5-martadan koʻproq ovqatlanadigan bolalarda ovqatlanish buzilishi xavfi past boʻladi, sogʻlom ovqat isteʼmol qiladi va yaxshi oʻqiydi. Oilaviy kechki ovqat qancha koʻp boʻlsa, odamlar shunchalik koʻp sabzavot isteʼmol qiladilar. 

  • Insondagi ichak va miya bogʻlangan. Oziq-ovqat yordamida biz kayfiyatimizni koʻtarib, energiya darajasini oshirishimiz mumkin. 

Mazali taom va idishlarning chiroyli taqdimoti hazm qilish jarayonini ragʻbatlantiradi; ammo bunda xavf ham bor – biz ularga berilib, psixologik muammolarni muvaffaqiyatsiz “yutishimiz” mumkin.

  • Osh tuzi – salomatlik va nozik qomatning dushmani.
  • Yogʻlardan saqlanish – sogʻliq uchun zararli.
  • Fan barmoq uchlarida ishtaha qoʻzgʻashga va ovqatning yaxshi hazm etilishiga yordamlashadigan nuqtalar borligini aniqladi.
  • Baland musiqa sizni koʻproq va tez-tez ichishga majbur qiladi. Yeyishga ham.
  • Taomni kayfiyatsiz holda tanovul qilmagan maʼqul.
  • Ovqatlanayotgan paytda yaxshi kayfiyatda boʻling!
  • Insonning barcha sezgi organlari bosh miya nazorati ostida. Miya oshqozondan uning boʻshligi haqida signal olishi bilanoq, odam ochlikni his qiladi va aksincha. Toʻyganlik hissi paydo boʻlishi uchun oʻrtacha 20 daqiqa kerak boʻladi. Demak, shoshqaloqlik bilan koʻp yeb qoʻymaslik uchun, har bir taomlanishga kamida 20 daqiqa ajratish kerak. Shu bilan birga yaxshilab chaynab, kichik boʻlaklarga boʻlib ovqatlanish darkor. Taomni tez yoyish ortiqcha isteʼmol qilishga olib keladi. Natijada tanada ortiqcha vazn paydo boʻladi.

 

ZAMONAVIY  FAN  TADQIQOTLARI  va  AJOYIB  MAʼLUMOTLAR:

Bashariyat mavjudligi tarixi davomida odamlar har doim 3 narsani qilishgan – turmush qurishgan, vafot etishgan va ovqatlanishgan…

Bu vaqt ichida oziq-ovqat haqida juda ham koʻp qiziqarli faktlar mavjud. Mana ulardan baʼzilari:

Ovqat pishirishga ayollar erkaklardan ikki baravar koʻp vaqt sarflashadi.

2015-yildan beri Sietl (Avstraliya)da ovqatni tashlash taqiqlangan. Qoldiqlarni uysizlarga, hayvonlarga tarqatish yoki oʻgʻitga aylantirish kerak. Qonunni buzgan korxonalar 50 dollar va jismoniy shaxslar – 1 dollardan jarimaga tortiladi.

Oziq-ovqatlar ichida asal – buzilmaydigan yagona mahsulotdir.

Kosmik non 1 tishlash uchun yetarli boʻlgan paketlarga qadoqlangan. Bunday qadoqlash kosmonavtlarni nafas olish yoʻllariga tushishi mumkin boʻlgan nol tortishish kuchida uchadigan ushoqlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan himoya qilishga imkon beradi.

Oʻrtacha odam hayoti davomida taxminan besh yilni oziq-ovqatga sarflar ekan.

Ovqatning taʼmi odam ovqatlanadigan balandlikka ham bogʻliq.

London (Buyuk Britaniya)dagi hind restoranlari soni Hindistonning Dehli yoki Mumbaydagi hind taomlarini taklif qiladigan restoranlar sonidan koʻp.

Dunyoga mashhur Chitos chiplari 1976-yilda farrosh Richard Montanez tomonidan ixtiro qilingan.

McDonaldʻs har yili 2,5 milliard burger sotadi. Yaʼni har soniyada 75 ta, har kuni 6,5 million burger sotiladi.

Meksika va Janubiy Amerika sivilizatsiyalari shokoladni valyuta sifatida ishlatgan.

Guruch – dunyo aholisining yarmidan koʻpining asosiy oziq-ovqatidir.

Napoleon Bonapart kechki ovqatga 12, tushlikka 8 daqiqa sarflagan ekan.

Inson hayotining 5 foizini ovqatlanish bilan oʻtkazadi.

Bir taomlanish 20 daqiqa atrofida davom etadi.

Odatda odam kuniga 3-marta ovqatlanadi.

Inson hayotida ovqat tayyorlashga taxminan 1064 kun yoki 2,9-yil sarflanadi.

Tayyorlangan oziq-ovqatni yeyish uchun bizga 3,66-yil kerak boʻladi, bu har kuni taxminan 67 daqiqaga teng.

Biz butun hayotimiz davomida taxminan oʻrtacha 35 tonna oziq-ovqat isteʼmol qilamiz.

 

BMT  (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)  MAʼLUMOTI:

  • BMT Bosh Assambleyasi har yilning 15-oktyabr sanasini “Xalqaro qoʻl yuvish kuni” deb eʼlon qilgan. 
Davomi bor…
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz

Check Also

NOGIRONLIGI BOR (IMKONIYATI CHEKLANGAN) ROVIYLAR

Insoniyatning paydo boʻlishidan buyon hayotning bir haqiqati sifatida mavjud boʻlgan nogironlik holati ayrim eʼtiqod va …