Home / XALQARO YANGILIKLAR / Malayziyada “Imom Buxoriy ilmiy merosini o’rganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

Malayziyada “Imom Buxoriy ilmiy merosini o’rganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

Anjumanda Malayziya Milliy universiteti, islom madaniyati instituti, xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, xalq ta’limi vazirligi, Qur’on va sunnatni o’rganish ilmiy-tadqiqot markazi, islom ilmlari universiteti, Utar universiteti, O’zbekiston elchixonasi rahbariyati, professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumaning ochilish marosimida O’zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev so’zga chiqib, joriy yil may oyida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning mamlakatimizga tashrifi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani, tashrif davomida yurtimizning qadimiy va boy tarixidan ta’sirlangani, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Beruniy, Xorazmiy kabi allomalarning jahon ilm-fani rivojiga qo’shgan hissasini alohida e’tirof etganini ta’kidladi.

Malayziya Milliy universiteti rektori Muhammad Abdurrazzoq Imom Buxoriy ilmiy merosining tarixda ilm-fan rivojidagi ahamiyati hamda bugungi ijtimoiy hayotdagi o’rni beqiyos ekanini qayd etdi. Shuningdek, Malayziya Milliy universiteti O’zbekistondagi islomshunoslik yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Konferensiya davomida “Movarounnahr muhaddis olimlarining islom madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi” va “Globallashuv sharoitida hadislarning o’rni va roli, zamonaviy yondashuvlar: O’zbekiston va Malayziya misolida” mavzusida shoʻba yig’ilishlari tashkil etildi.

Malayziyalik professor-o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar O’zbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalarning dunyo sivilizatsiyasidagi o’rnini alohida ta’kidladilar.

Konferensiya davomida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti ham o’tkazildi.

Tadbir yakunida Malayziya islom madaniyati instituti va Hadis ilmi maktabi o’rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …