Samarqanddagi Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida “Turkistondan Onadoʻligacha turkiy islom tafakkuri” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning bir guruh ishtirokchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Turkiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH olimlari Markaz muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, Imom Buxoriy ilmiy merosi va asarlariga katta qiziqish bildirdi. Muzey eksponatlari ularda ulkan taassurot qoldirdi.
Konferensiya qatnashchilari Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha Markaz olib borayotgan faoliyat va qoʻlga kiritayotgan yutuqlar dunyo ilmiy hamjamiyati uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, jamoa ishiga yangi zafarlar tiladi.