Home / YANGI NASHRLAR / “KITOBUZ ZUAFO AS-SAGʻIR”

“KITOBUZ ZUAFO AS-SAGʻIR”

📚 Kitob nomi: “KITOBUZ ZUAFO AS-SAGʻIR”
(“Zaif roviylar haqida kichik kitob”)

👤Muallif: Imom Buxoriy

✅️Imom Buxoriyning “Kitobuz zuafo as-sagʻir” (“Zaif roviylar haqida kichik kitob”) asari darajasi zaif deb topilgan roviylarni aniqlash, ummatni bunday hadislardan hukm olishdan asrash maqsadida yozilgan ilk kitobdir. Asar “Kitobuz zuafo val matrukin” (“Zaif va tark qilingan roviylar haqidagi kitob”) va “Az-Zuafo” (“Rivoyati zaif roviylar”) nomi bilan ham yuritilgan. Unda 418 ta roviy haqida maʼlumot berilgan. Asar alfavit tartibida yozilgan boʻlib, unda roviylar haqida qisqa va aniq maʼlumotlar keltirilgan. Kitob hadis ilmi bilan shugʻullanadigan tor doiradagi mutaxassislarga moʻljallangan.

📝 Hajmi: 140 bet
📏 Bichimi: 60×84 1/16
📚 Muqovasi: Qattiq
🇺🇿 Alifbosi: Kirill
🖨 Nashriyot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

📖 Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2023-yil 29-dekabrdagi 03-07/9664-raqamli xulosasi asosida tayyorlandi.

☎️ Murojaat uchun: (66) 240-20-19

Check Also

IMOM BUXORIYNING «BIRRUL VOLIDAYN» (OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH) ASARI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILINDI

✅️ Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Birrul volidayn” asari­da amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilish ekani, …