Home / FOTO LAVHALAR / Samarqandda xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda

Samarqandda xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda

Samarqand shahrida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xalqaro Moturidiy simpoziumi” oʻz ishini boshladi.

Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi, moturidiylik taʼlimoti hamda uning bugungi kundagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan anjumanda yurtimiz hamda Turkiya Respublikasining bir qator koʻzga koʻringan kalom ilmi mutaxassislari qatnashmoqdalar.

Simpoziumning ochilish marosimida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tabrik soʻzi bilan ishtirok etdi.

Tadbir shoʻbalari doirasida Imom Moturidiyning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi, moturidiylik taʼlimotining bugungi kunda aqida borasidagi ayrim ixtilofli masalalarning hal etishdagi ahamiyati kabi bir qator muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Indoneziya ilmiy muassasalari Markaz bilan hamkorlikka tayyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasining beshinchi Prezidenti, Milliy tadqiqot va innovatsiya agentligi Boshqaruvchilar …