Home / FOTO LAVHALAR / Markazda Checheniston ulamolari mehmon boʻldi

Markazda Checheniston ulamolari mehmon boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasi Muftiysi oʻrinbosari Arbi Jafarov rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markaz muzeyi, undagi eksponatlar va noyob qoʻlyozma nusxalar bilan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar va erishilayotgan natijalar haqida maʼlumot berildi.

Arbi Jafarov bukhari.uz sayti uchun intervyu berib, Markazga, umuman, Oʻzbekistonga tashrifining taassurotlari haqida soʻzladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda misrlik yangi stipendiat amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida navbatdagi xorijlik tadqiqotchi — Misr arab qoʻlyozmalari instituti …