Home / FOTO LAVHALAR / Istiqbolli taklif va tavsiyalar shakllantirilmoqda

Istiqbolli taklif va tavsiyalar shakllantirilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bir guruh ilmiy xodimlari mamlakatimiz olimlarining Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” nomli forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida ish olib borayotgan 10 dan ortiq seminardan biri Samarqand viloyati Payariq tumanida yangidan qad koʻtarayotgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi tarkibidagi Imom Buxoriy innovatsion muzeyi konsepsiyasiga bagʻishlangan. Markaz rahbari Shovosil Ziyodov moderatorlik qilayotgan seminarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamolxon Karimov ishtirokchilarga muzey konsepsiyasini taqdim etdi.

Markaz ilmiy xodimlari tomonidan jami 8 pavilyondan iborat innovatsion muzey konsepsiyasini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari oʻrtasida bu borada keng muhokama oʻtkazish va bildirilgan fikrlar va tavsiyalarni umumlashtirib, tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish rejalashtirilgan.

Forum 4-iyul kuni ishini davom ettiradi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Movarounnahrning mamlakatlar lugʻatidagi tarannumi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …