Home / FOTO LAVHALAR / Galdagi amaliyotchi – britaniyalik tadqiqotchi

Galdagi amaliyotchi – britaniyalik tadqiqotchi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy yilgi dasturining navbatdagi gʻolibi – Buyuk Britaniyadagi Nottingem Trent universiteti tadqiqotchisi Faleh Majdiy ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi.

Xorijlik mehmonni Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, muzey va kutubxona faoliyati hamda ilmiy faoliyat uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishtirdi.

Amaliyotchi Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻldi. Muassasa rahbari uni qutlab, dastur gʻolibligi bilan muborakbod etdi. Stipendiat qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, ilmiy izlanishlari davomida yangi manbalar bilan ishlash hamda ilmiy xodimlar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratilganidan mamnuniyat bildirdi.

Faleh Majdiy kelasi ikki oy davomida Markazda «Islom meʼmorligi va fiqh ilmining shahar va atrof-muhitga taʼsiri» mavzusida doktorlik ishi yuzasidan tadqiqot olib boradi. Amaliyot dasturiga, shuningdek, yurtimiz shaharlariga ilmiy safarlar va tadqiqotlar yuzasidan taqdimot kiritilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Axborot siyosati masʼullari sharaflandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati …