Home / FOTO LAVHALAR / Axborot siyosati masʼullari sharaflandi

Axborot siyosati masʼullari sharaflandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Markaz ilmiy jamoasi, matbuot xizmati, Markaz muassisligidagi www.bukhari.uz sayti, “Imom Buxoriy saboqlari” maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnali tahririyati hamda nashriyot xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirni muassasa rahbari Shovosil Ziyodov ochib, jamoaning axborot siyosati va matbuot sohasiga oid aʼzolarini bayram bilan samimiy qutladi.
Bu sana milllatparvar jadidlar tomonidan tashkil etilgan “Taraqqiy” gazetasi nashr etilgan kun sifatida tarixga kirgan.
Hozirgi zamonning oʻziga xos xususiyatlaridan biri matbuot va axborot vositalarining mislsiz rivojlanib, insonlar hayotida oʻta muhim oʻrin egallayotganidir.
Tadbirda bugungi kunimizda oʻta taʼsirli tashviqot quroliga ega matbuot sohasi odamlarni yaxshilikka, xalqni birdamlikka chaqirish vositasiga aylanishi, ayniqsa Markaz tizimida faoliyat yuritayotgan sayt va jurnal hamda matbuot xizmati ovoz va surat, yozuv va video hamda boshqa vositalar orqali ilm-maʼrifat, odob-axloqni targʻib etish omili boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.
Soʻzga chiqqanlar kasb bayramini nishonlayotgan jamoadoshlarni ayyom bilan qizgʻin tabriklab, soʻzning yuki va masʼuliyati mujassam boʻlgan tezkorlik va xolislikni taʼminlashda muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir yakunida jamoaning matbuot sohasiga tegishli aʼzolari Markaz nomidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …