Marian KAS – Nyu-York universiteti professori
– Tadqiqotlarimning asosiy yoʻnalishi islom huquqi va uning eski shakllaridan zamonaviylariga oʻtish bosqichlarini oʻrganishdan iborat. Ayni kunlargacha ayrim jihatlari saqlanib qolgan bu huquq tarmogʻining oʻz davrida asosiy oʻrinda amal qilish omillarini tadqiq qilish menga zavq bagʻishlaydi. Yurtingiz olimlari bilan bu borada ilmiy munozaralar yuritish, oʻzaro tajriba almashish va tadqiqot natijalari bilan oʻrtoqlashishdan manfaatdorman.
Markazingiz, muzey va kutubxona menda ulkan taassurot qoldirdi. Ayniqsa, qoʻlyozma manbalar va kitob fondi katta qiziqish uygʻotdi.
Bu fondlarni boyitib borish Markazning ilmiy muassasa sifatidagi mavqeini oshiribgina qolmay, uning nafaqat yurtingiz, balki dunyo miqyosida ahamiyatga molik manbalar xazinasiga aylanishiga xizmat qiladi.
Jamoa ishlariga omad tilayman.