Home / XALQARO YANGILIKLAR / “MARKAZ MUVAFFAQIYATLARI OSHIB BORAVERADI!”

“MARKAZ MUVAFFAQIYATLARI OSHIB BORAVERADI!”

Muhammad SHAHIN – Tyubingen universiteti professori(Germaniya):

– Markazingiz, ayniqsa muzey Imom Buxoriy hayot yoʻli va ilmiy faoliyatini oʻzida ifodalagan nurli maskan sifatida qalbimni munavvar qildi. U yerga kirgan har qanday kishining koʻngli yorishadi. Men ham toʻlqinlandim, koʻksimda yoqimli hayajon uygʻondi.

Muassasangiz fayzi uning Imom Buxoriy maqbarasi yonida joylashganida deb bilaman. Bu yerdagi muhit inson qalbiga ilm ruhiyatini indiradi, ajdodlar maʼnaviyatini ulashadi. Jamoangiz muvaffaqiyatlarining asosiy omili ham shunda. Oʻylaymanki, bu yutuqlar bardavom boʻlib, vaqt oʻtishi bilan kengroq miqyos kasb etib boraveradi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Xatmi kutub” — ilmiy izchillik va ustoz-shogird anʼanasi ramzi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Toshkent islom instituti talabalari ishtirokida navbatdagi “Xatmi kutub” marosimi boʻlib …