Florian SHVARS – Avstriya Fanlar akademiyasi professori, Akademiya huzuridagi Eronshunoslik instituti direktori
– Institutimiz bilan Markazingiz oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolanganiga bir yil boʻldi. Ayni paytda mazkur hujjatni amaliyotga izchil tatbiq etib, tadqiqotchilarimizning ilmiy tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyganmiz. Oʻzaro hamkorlikda Markaziy Osiyo qoʻlyozmalariga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiya ham yaqin aloqalarimizning amaliy natijasi oʻlaroq tashkil boʻldi. Nafaqat bu, balki oldin birgalikda oʻtkazgan ilmiy tadbirlarimiz ham Oʻzbekistonning bizga tanish boʻlgan boy manbalar merosi haqida tobora koʻproq maʼlumotga ega boʻlish uchun zamin yaratyapti. Shuning uchun ham Markazning qoʻlyozmalar fondi, xodimlar ilmiy salohiyati, olib borilayotgan tadqiqotlar doim diqqat-eʼtiborimizda turadi. Shuning uchun ham shaxsan oʻzim bu yerga qayta-qayta kelgim kelaveradi. Shuning uchun ham ishonch bilan aytamanki, hamkorligimiz hali uzoq yillar davom etadi.