22-may, 2024-yil soat 10:00 da
Oʻtkazish joyi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Dr. Sumayra Oʻjak Ahmad
Marmara universitetining Ijtimoiy fanlar instituti Islom tarixi va sanʼati boʻlimi mudiri, ilohiyotchi olima (Turkiya)
Seminarda qoʻlyozmalar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi, doktorant va barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998937277773
Sumayra Oʻjak Ahmad Islom tarixi va sanʼati yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borish bilan birga, “Islomda meʼmorlikning shakllanishida Qurʼon va Sunnatning roli” mavzusidagi bir necha loyihada faol ishtirok etmoqda.
“Ilk islom meʼmorligi binolari”, “Shimoliy Afrika minoralari”, “Islom meʼmorligiga mazhablarning taʼsiri: Marokash masjidlari misolida”, “Shimoliy Afrika va Andalusiya meʼmorligi” singari ilmiy loyihalarda qatnashgan.
Fransiya, Marokash, Ispaniya kabi davlatlarda tashkil qilingan islom tarixi va sanʼatiga oid 10 dan ortiq xalqaro seminar va konferensiyalar ishtirokchisi. Ingliz, arab, fransuz tillarini biladi.