Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Ipak yoʻlida til, adabiyot, tarjima, turizm va madaniy meros sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.
Ilm ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtayotgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov “Markaziy Osiyoning Rossiya tarkibiga qoʻshib olinishi davrida islom manbalari” nomli maʼruza bilan ishtirok etmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy–tadqiqot markazi
Matbuot xizmati