Odobi yoʻqning – ilmi, sabri yoʻqning – dinga bogʻliqligi, taqvosi yoʻqning – Allohga yaqinligi yoʻqdir.(Hasan Basriy rahmatullohi alayh).
ENG AVVALO, UNUTMASLIK LOZIMKI:
- telefon orqali biz gaplashayotgan ham – odam;
- roʻparamizdagi odam bilan muloqot qilganda, nimalarga eʼtibor qaratsak,
Telefonda soʻzlashishda ham shularni inobatga olish lozim:
1) avvalo boshqa telefonga egasining ruxsatisiz mutlaqo tegilmaydi;
2) agar egasi ruxsat bermasa, boshqa telefonni “Sms”, “Imena”, “Kontaktы” va boshqa joylarini oʻqimaslik va qaramaslik;
3) behuda, manfaati yoʻq, dinimiz qaytargan narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va koʻrmaslik;
4) shariat hukmlariga, milliy qadriyatlarimizga va davlat qonunlariga zid narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va koʻrmaslik;
5) noxush, koʻngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy taʼsir etadigan voqea-hodisalarni telefonda tasvirga olmaslik yoki ovozini yozmaslik va ularni tarqatmaslik;
6) katta-kichik majlislar, turli xil yigʻin-yigʻilishlar, oʻzaro suhbatlar va turli muloqotlarni majlis-yigʻin raislari, suhbatdoshlarning ruxsatlarisiz telefonga yozib olinmaydi;
7) birovning gaplashganini eshitmaslik va poylamaslik;
8) boshqaga qoʻngʻiroq qilayotgan odam kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va nooʻrin qoʻngʻiroq qilmaslik;
9) boshqaga qoʻngʻiroq qilganda har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti oʻtgandan soʻng lozim boʻlsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3-marta telefon qilinganda ham javob boʻlmasa, takroran qilinmaydi. Agar yetkazilmoqchi boʻlgan xabar tezkor, oʻta muhim, juda ham zarur boʻlsa, yozma shaklda yuboriladi;
10) suhbatdosh odam telefonni oʻchirmagan boʻlsa, qiziqib eshitib turmasdan, darhol telefonni oʻchirish;
11) hammom, hojatxona joylarda telefonda gaplashilmaydi;
12) transport vositalarini boshqarib ketayotgan odam imkon qadar telefonni ishlatmaslik;
13) suhbatdosh odamni telefonda vaqtini koʻp olmaslik;
14) bizga telefon qilingan paytda, yonimizdagilardan izn, ruxsat soʻrab, telefonga javob beriladi, agar zarur boʻlsa;
15) telefonga kelgan qoʻngʻiroq, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga oʻz vaqtida javob qaytaraolmagan odam, keyinroq albatta munosib javob qaytarish;
16) telefonga kelgan xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, imkon boʻlganda munosib javob qaytarish;
17) telefonga keladigan har qanday yoqimsiz gap-soʻz, xabar (xat, qoʻngʻiroq, savol va hokazo)larga oʻzimizni ham, suhbatdoshni ham, boshqalarni ham asablarini buzmasdan, xushmuomala bilan oʻzimizga ham, suhbatdoshga ham, boshqalarga ham yoqimli javob qaytariladi;
18) suhbatdoshlar va boshqa odamlar oldida telefon oʻynamaslik, ayniqsa ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar oldilarida. Chunki bunday qilish – suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Agar zarurat tugʻilib qolsa, suhbatdoshga uzrini aytib, ruxsat soʻrab telefon bilan mashgʻul boʻlinadi;
19) birinchi telefon qilayotgan odam: «Kim bu?» demaslik. Balki avval salom berib, oʻzini tanishtirib, kerakli odamni soʻraladi;
20) ota-onasining telefonini oʻzinikidan yaxshiroq va zoʻrroq telefon qilib berishlik;
21) uka-singillariga ham telefon olib berishlik;
22) aka-opalarining telefon sotib olishga imkonlari boʻlmasa, ularga ham telefon olib berishlik; ahli ayoliga ham telefon olib beriladi;
23) ota-ona, uka-singil, imkoniyati kamroq aka-opa hamda ahli ayolining telefon aloqalarining pullarini toʻlab turishlik;
24) «Alo?», “Hello?”, “Ha?”, «Alyo?», “Da?” soʻzlari bilan birga «Labbay?», «Eshitaman?», «Assalomu alaykum!», «Qulogʻim sizda?», «Nima xizmat?» kabi milliy qadriyatlarimizga xos va mos iboralar bor ekanligini unutmaslik;
25) telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol oʻchirmasdan, balki suhbatdosh bilan xayrlashib, unga yaxshi tilaklar tilagandan soʻng telefonni oʻchirish mumkin;
26) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan telefonda soʻzlashganda ham, oʻrnidan turib soʻzlashiladi;
27) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan telefonda soʻzlashganda ham, birinchi boʻlib salom beriladi;
28) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, ular soʻrashlaridan oldin oʻzining kimligi (ismi, lavozimi)ni aytib tanishtiriladi;
29) telefon qilganda suhbatdoshning vaqtini olmayotganligini soʻrab, uzr soʻrashlik;
30) telefon orqali suhbat tugagandan soʻng ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlardan oldin telefonini oʻchirmaslik;
31) telefon qilingan odam telefonni birinchi boʻlib oʻchirmaydi;
32) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlarga gudok tashlamaslik;
33) agar ular shunday qilgan boʻlishsa, darhol ularga qayta telefon qilish;
34) suhbatdoshning ruxsatisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;
35) telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi boʻlib telefon qilgan odam qaytadan telefon qilishi lozim;
36) telefonda gaplashib turgan paytda mabodo ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, soʻzlashib turgan odamdan uzr soʻrab, darhol ularga javob beriladi;
37) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi boʻlib oʻzimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;
38) suhbatdoshning shaxsiy maʼlumot (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-soʻzlari, sms va hokazo)larini uning ruxsatisiz boshqalarga koʻrsatmaslik, bermaslik va yubormaslik;
39) suhbatdosh bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun suhbatdoshning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, yozib olinmaydi;
40) bir kishi bilan birga surat yo videoga tushmoqchi boʻlgan odam, oldin u kishidan izn soʻrab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga tushmaslik;
41) bir kishini surat yo videoga olmoqchi boʻlgan odam ham, oldin u kishidan izn soʻrab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga olmaslik;
42) telefon orqali koʻrib gaplashish uchun avval suhbatdoshning oldidan oʻtib, uning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, koʻrib gaplashmaslik;
43) telefon orqali koʻrishib gaplashish uchun suhbatdoshning roziligini olishda unga gaplashmoqchi boʻlgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qoʻyiladi;
44) agar suhbatdosh tomonidan telefon orqali koʻrishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa boʻlmaslik;
45) agar ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan telefon orqali koʻrib gaplashish zaruriyati boʻlsagina, shunda ham faqat ularning ijozatlari bilangina koʻrishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;
46) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlarning ruxsatlarini olishda ularga ham gaplashmoqchi boʻlgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini bildirib qoʻyiladi;
47) agar ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar tomonlaridan telefon orqali koʻrishib gaplashishga xohish bildirilmasa, ulardan uzr soʻraladi;
48) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan soʻzlashganda, ularning hurmatlarini bilib, vaqtlarini ortiqcha olmaslik;
49) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar telefon qilgan boʻlishsa, oʻz vaqtida telefonni ololmagan odam, darhol uzr soʻrab qayta telefon qiladi;
50) siz telefon qilgan vaqtda ham boshqalar ololmagan boʻlsalar, ulardan aslo xafa boʻlmaslik;
51) jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, maʼraka-marosim, taʼziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil, taksi va hokazo)larda boʻlganda telefon ovozini oʻchirib qoʻyiladi;
52) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan telefonsiz soʻzlashganda, telefon ovozini ham oʻchirib qoʻyiladi;
53) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, yonimizdagilardan uzr soʻrab, kim telefon qilayotganini aytib, darhol telefonga javob beriladi;
54) jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, maʼraka-marosim, taʼziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil, taksi va hokazo)larda boʻlganda telefonda gapirish toʻgʻri kelsa ham, past ovoz bilan soʻzlashiladi;
55) jamoat joylarda boʻlganda, shu yerdagilardan izn, ruxsat soʻrab telefonga javob berish; agar zarur boʻlsa, ovoz orqali yoki yozma ravishda;
56) zarur boʻlgan holatlar: ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar telefon qilganlarida yoki tezkor holatli ish sodir boʻlganda va hokazo;
57) telefonga javob bersa ham, chetroqqa chiqib, ovozi pastroq holda javob berish;
58) ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar bilan soʻzlashib turganda, shulardan birortalari telefon qilib qolsalar, kim telefon qilayotganini aytib, ruxsat soʻraladi; ruxsat bersalargina gapirishlik;
59) biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi boʻlgan odam, avval suhbatdoshdan ruxsat soʻraydi; agar maʼqul boʻlsa, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki suhbatdosh bemalol gaplashadigan holatda boʻlmasligi ham mumkin;
60) yoʻl harakati (piyoda, transport vositasi)da boʻlganda imkon qadar quloqchin (naushnik)lardan umuman foydalanmaslik, zero atrofdagi (odamlar, turli xil vaziyat) holatlarda jiddiy noxush, koʻngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy taʼsir etadigan voqea-hodisalarga sabab boʻlib qolishi mumkin.
Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil gʻarazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va boʻhtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini oʻnib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimizga toʻgʻri tushuntirish, Islom madaniyatining ezgu gʻoyalarini keng targʻib etish – har bir (!) OTA UCHUN, har bir (!) ONA UCHUN bugungi XXI asr zamonasida ENG KATTA vazifa!