“Kimki bir hasana (savobli ish) qilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat oʻsha gunoh miqdorida bir gunohga yarasha jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay” (Qurʼoni karim. Anʼom surasi 6/160).
“Yarimta xurmo bilan boʻlsa ham oʻzingizni doʻzaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa, shirin soʻz bilan!” (Hadisi sharif).
1) Taom bilan siylash – eng xayrli sadaqadir.
2) Birodaringizning yuziga tabassum qilishingiz – sadaqa.
3) Qarindoshga yaxshilik qilish – sadaqa.
4) Zakot berish – sadaqa.
5) Ushr berish – sadaqa.
6) Fitr roʻza berish – sadaqa.
7) Ikki kishi oʻrtasida adolatli boʻlish – sadaqa.
8) Yoʻldagi ozor beruvchi narsani daf etish – sadaqa.
9) Odamlarga shirin soʻz, yaxshi gap aytish – sadaqa.
10) Oʻz farzandlarini tartib-intizomga oʻrgatish – sadaqa.
11) Oila aʼzolariga mehr-muruvvat qilish – sadaqa.
12) Ovqat tayyorlash – sadaqa.
13) Ikki kishi oʻrtasini adolat bilan isloh etish – sadaqa.
14) Chelagingizdagi suvni birodaringizning chelagiga quyib berish –sadaqa.
15) Yordam soʻrab kelgan hojatmandga yordam berish – sadaqa.
16) Kishiga ulovi borasida yordam berish – sadaqa.
17) Bir kishini ulovga minishiga koʻmaklashish – sadaqa.
18) Bir odamni yukini koʻtarib olib berish – sadaqa.
19) Shahvatini halol yoʻl bilan qondirish – sadaqa.
20) Bir insonni mushkulini oson qilish – sadaqa.
21) Qarzni toʻlashga qiynalayotganga haq egasi muhlatni choʻzib bersa, har kuni haq egasi bergan qarzi miqdoricha sadaqaning savobi yoziladi.
22) Kishi oʻz farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi – sadaqa.
23) Namoz sari bosilgan har bir qadam – sadaqa.
24) Yaxshilik qilish – sadaqa.
25) Yaxshilikka buyurish – sadaqa.
26) Yomonlik qilmaslik – sadaqa.
27) Yomonlikdan qaytarish – sadaqa.
28) Qarz soʻrab kelgan kishiga qarz berib turish – sadaqa.
29) Gʻazabi kelganda sukut saqlash – sadaqa.
30) Musulmonlarga gʻoyibdan turib duo qilish – sadaqa.
31) Musulmon kishining bir insonga yordam berishi – sadaqa.
32) Birovni ogʻirini yengil qilish – sadaqa.
33) Yoʻlda adashgan kishiga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib, uni yoʻllab qoʻyish – sadaqa.
34) Iftorlik qilib berish – sadaqa.
35) Kishini mehmon qilish – sadaqa.
36) Qoʻshniga yaxshilik qilish – sadaqa.
37) Moʻminning koʻnglini xursand etish – sadaqa.
38) Kishining uzogʻini yaqin qilish – sadaqa.
39) Koʻzi ojiz kishini toʻgʻri yoʻnalishga tushirib qoʻyish – sadaqa.
40) Odamlar uchun foydali ilm oʻrgatish – sadaqa.
41) Yomonlikdan saqlanish – sadaqa.
42) Odamlarga suv ulashish – sadaqa.
43) Kelisholmay qolganlarning oʻrtasini isloh qilish – sadaqa.
44) Mevali koʻchat oʻtqazib yoki biron ekin eksa, undan odamlar, hayvonlar yesa – sadaqa.
45) Koʻzi yaxshi koʻrmaydigan kishiga bir narsani koʻrsatib qoʻyish – sadaqa.
46) Xalq uchun kerakli ziyo, ilm tarqatish – sadaqa.
47) Bogʻ barpo boʻlishiga hissa qoʻshish – sadaqa.
48) Koʻpchilik foydalanish uchun zarur narsa (gaz, chiroq, suv kabi)larni oʻtkazishda hissa qoʻshish – sadaqa.
49) Maktab, shifoxona, mehmonxona, koʻprik, yoʻl qurilishida hissa qoʻshish – sadaqa.
50) Koʻpchilik foydalanadigan inshoot (zavod, fabrika kabi)larni barpo etilishida hissa qoʻshish – sadaqa.
(Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalari va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).