Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy asari Jazoirda taqdimot qilindi

Imom Buxoriy asari Jazoirda taqdimot qilindi

Xabar qilinganidek, hafta mobaynida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida safarda boʻlib turibdi.

Mamlakatimiz vakillari Jazoirning Laguat shahrida Imom Buxoriyning Markaz tomonidan ilk bor oʻzbek tilida nashr etilgan «At-Tarixu-s-sagʻir» asari taqdimotini qilishdi.

Taqdimotda yigirmaga yaqin davlat vakillari ishtirok etdi. Markaz ilmiy xodimlari yigʻilganlarga davlatimiz rahbari boshchiligida soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar zamirida buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi, jumladan, Imom Buxoriy asarlarining ilmiy-maʼnaviy qiymatini keng targʻib qilishga yuksak eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Ishtirokchilar mazkur xayrli ishlar koʻlamini yanada kengaytirish zaruratini alohida qayd etdi.

Kitob nusxasi va Markazning boshqa adabiyotlari toʻplami Jazoirdagi Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi kutubxonasi fondi uchun Markaz rahbari Др.Аҳмад Sagʻirga topshirildi.

Markaz olimlarining ilmiy safari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …