1) Salavot aytishda Alloh taoloning amriga itoat, boʻysunish bor.
2) Paygʻambarimiz alayhissalomga Alloh taoloning salavot aytishi bilan oʻzaro muvofiqlik bor. Ikki salavotning farqi boʻlsa ham.
3) Maloikalar bilan muvofiqlikda salavot aytish bor.
4) Bir marta salavoti evaziga salavot aytuvchiga Alloh taolodan oʻnta salavot hosil boʻladi.
5) Banda salavot sabab oʻn darajaga koʻtariladi.
6) Salavot aytuvchiga oʻnta savob-hasanot yoziladi.
7) Salavot aytuvchidan oʻnta gunohi oʻchiriladi.
8) Salavot – duoning ijobat boʻlishi sabablaridan biridir.
9) Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz Muhammad mustafo sallallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf boʻladi.
10) Salavot aytish – gunohlar magʻfirat qilinishi sabablaridan biridir.
11) Ahamiyatli ishlarida salavot aytuvchi bandaga Alloh taolo kifoya qiladi.
12) Salavot aytuvchi Qiyomat kuni Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamga yaqin boʻladi.
13) Mashaqqat vaqtida aytilgan salavot sadaqaning oʻrniga oʻtadi.
14) Hojatlari salavot sababidan ravo boʻladi.
15) Alloh va farishtalari salavot aytuvchi bandaga salavot yoʻllaydilar.
16) Salavot aytuvchi salavot sababli poklanadi.
17) Oʻlimidan avval u bandaga jannat xushxabari yetadi.
18) Qiyomat kunidagi qoʻrqinch, xavotirlardan najot topadi, qutuladi.
19) Bandaga unutib qoʻygan narsasini yodiga tushiradi.
20) Aytgan salavotiga Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam alik olib, javob qaytaradilar.
21) Salavot aytishda banda hojatlarini soʻrashi bor.
22) Salavot aytuvchi faqirlik-qashshoqlikdan saqlanadi.
23) Salavot aytuvchi banda baxillikdan qutuladi.
24) Salavot aytuvchi xor-zor boʻlib, xoʻr boʻlib qolishdan, duoibad kasofatidan omonda boʻladi.
25) Salavot aytuvchini jannat yoʻliga yoʻllanishi sababidir.
26) Salavot aytishda Alloh taolodan Uning Habibiga maqtov soʻrash bor.
27) Gapiradigan gaplari va boshqa soʻzlari komil boʻladi.
28) Sirot koʻprigida yorqin, koʻpgina nurga musharraf boʻladi.
29) Salavot aytuvchi jafodan, begonalikdan uzoq boʻladi .
30) Salavot aytuvchi osmonlar-u yer ahli oʻrtasida Alloh taoloning maqtoviga sazovor boʻladi.
31) Salavot aytish bilan banda barakot sohibi boʻladi.
32) Salavot aytishda Alloh taoloning rahmatiga noil boʻladi.
33) Salavot aytuvchida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga davomiy muhabbat boʻladi.
34) Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz alayhissalomga suyukli boʻladi.
35) Salavot – hidoyatga yoʻllab, qalbning hayoti sababidir.
36) Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salavot aytuvchining ismi koʻrsatiladi.
37) Sirot koʻprigida sobitqadam boʻladi.
38) Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz alayhissalomning baʼzi haqlarini ado qilgan boʻladi.
39) Salavotda Alloh taoloni zikr qilish va Unga shukr qilish jamlangandir.
40) Salavot – duodir!
(Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalari va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).
Ibrohimjon domla Inomov