Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli koʻchalar, mahallalar timsolida butun yurt obod boʻlib, fayzga toʻladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida hashar tashkil etildi. Unda xodimlar tomonidan Markaz binosi atrofidagi maydonlarni obodonlashtirish, begona oʻtlardan tozalash, manzarali daraxtlarga shakl berish, ariq-zovurlarni tozalab, gullarga suv quyish ishlari bajarildi.
Ezgulik, oqibat va ahillikka hamohang hashar tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati