Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 6-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi tomonidan Andijon viloyatining Asaka, Shahrixon tumanlari, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri, Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon, Uychi, Norin tumanlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.

Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …