Home / FOTO LAVHALAR / JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT – ASOSIY MAQSADIMIZ

JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT – ASOSIY MAQSADIMIZ

Joriy yilning 5-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari Andijon, Namangan va Fargʻona shahrida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi.

ʼ

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi. 

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etilib, tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hindistonda Qur’on va fan “muloqoti”

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilayotgan “Qur’on va fan” mavzusidagi III xalqaro konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy …