28 noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibotchilar guruhi Qoraqalpogʻistondagi Nukus tumani mahallalarida ish olib bordi.
“Toʻktov”, “Baqanshaqlы” “Qirantov” va “Aqmangʻыt” mahallalari vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda dinning asl mohiyati, islomning bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalari va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish choralari xususida suhbat qurildi.
Din niqobi ostidagi daʼvatlardan koʻzlangan asosiy maqsadlar ochib berilib, yigʻilganlar axborot tahdidlarining salbiy ijtimoiy oqibatlaridan ogoh etildi.
Shunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti va Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ham tashkil etildi.