Home / FOTO LAVHALAR / MAFKURAVIY TAHDIDGA MAFKURAVIY IMMUNITЕT VA BAGʻRIKЕNGLIK BILAN QARSHI TURILADI

MAFKURAVIY TAHDIDGA MAFKURAVIY IMMUNITЕT VA BAGʻRIKЕNGLIK BILAN QARSHI TURILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Sh.Umarov va A.Mamadaliyev 17 noyabr kuni Muhammad Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzusida targʻibot tadbirini tashkil etdi.

13-19 noyabr kunlari mamlakatimizda eʼlon qilingan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan anjumanda professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Maʼruzachilar dastlab islomning asl tinchlikparvarlik va maʼrifatparvarlik gʻoyalari haqida soʻz yuritib, axborot asri boʻlgan bugungi sharoitda turli buzgʻunchi oqimlar va ularning yot gʻoyalari tarqalishining oldini olish murakkablashib borayotganini taʼkidladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar ularning qarmogʻiga oson ilinayotgani, chunki internet chegara yo boshqa nazorat xizmatlarini erkin chetlab oʻtadi. Shu bois yot gʻoyalarga qarshi turishda avvalo maʼrifatni kuchaytirish, siyosiy ongni oshirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash zarur.

Shundan soʻng bagʻrikenglik fazilati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan, maʼnaviy tahdidlar koʻlami kun sayin ortayotgan hozirgi voqelik ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlikni mustahkamlash uchun hayot eng avval bagʻrikenglik tamoyillarini joriy etish zarurligini koʻrsatmoqda. Turli millat, elat yoki din vakillarini bir-biriga gijgijlash, haqoratlash, boshqa usullar bilan nizolashtirishga yoʻl qoʻymaslik bugun har qachongidan ham dolzarbdir. Xususan, dunyoning ayrim “qaynoq” nuqtalarida roʻy berayotgan mojarolarni notoʻgʻri talqin qilish orqali odamlarning dunyoqarashini oʻzgartirishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlarga qarshi turish uchun faqat axborot makonini haqiqiy maʼlumotlar bilan himoyalash emas, balki bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib etish ham zarur.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …