Home / FOTO LAVHALAR / YOSHLAR MAʼNAVIY TAHDIDLARDAN OGOH ETILMOQDA

YOSHLAR MAʼNAVIY TAHDIDLARDAN OGOH ETILMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Markaz targʻibotchilari Sh.Umarov, B.Mahmudov, S.Abduvoitov va A.Mamadaliyev talabalarga soʻnggi paytlarda avj olayotgan maʼnaviy tahdidlar, internet va ijtimoiy sahifalardan foydalanishning qoida va odoblari, yot oqimlar taʼsiridan saqlanish choralari xususida maʼlumot berdi.

Tadbir doirasida Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ziyorat turizmi rivojiga ilmiy yondashuv: Gidlarning malakasi oshirilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan gid-ekskursovodlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminari …