Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va oʻrta-maxsus islom bilim yurtlarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini boshladi.
30 oktabr kuni targʻibotchilar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari bilan uchrashuvda yigʻilganlarni yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi haqida maʼlumot berdi va axborot xurujlariga qarshi turish koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tadbir doirasida buyuk muhaddis Imom Buxoriyning Markaz tomonidan nashr etilgan asarlari taqdimoti oʻtkazildi.