Targʻibot guruhi Pastdargʻom tumanidagi tadbirlarni 16 oktabr kuni “Xoncharbogʻ” va “Temirxoʻja” MFYlarda oʻtkazdi.
Unda bugungi kunda koʻz oʻngimizda sodir boʻlayotgan iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar ahamiyati haqida soʻz yuritilib, yigʻilganlarga turli mafkuraviy tortishuvlar keskin tus olayotgan davrda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ham muhim ekani toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida bilim va koʻnikmalar berildi.
Maʼruzachilar ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish va yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash masalalariga, azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlariga atroflicha toʻxtaldi.
Tadbirda din niqobi ostidagi daʼvatlardan koʻzlangan asosiy maqsadlar ochiqlanib, yigʻilganlar axborot tahdidlarining salbiy ijtimoiy oqibatlaridan ogoh etildi.