Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va noiblar uchun “Ijtimoiy munosabatlarda dinning oʻrni va ahamiyati”, “Radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash: bugungi holat va xalqaro tajriba” hamda “Buzgʻunchi gʻoyalarga raddiya berish metodologiyasi” kabi mavzularda turkum oʻquv seminarlarini boshladi.
Dastlabki tadbir Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi bilan hamkorlikda Jizzax shahri, Forish va Sharof Rashidov tumanlarining diniy soha vakillari ishtirokida oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov mazhabsizlikning, zarur malaka va bilimga ega boʻlmay turib, oyat va hadislardan toʻgʻridan toʻgʻri hukm chiqarishning xunuk oqibatlari kabi dolzarb masalalar toʻgʻrisida fikr yuritdi.
Viloyat tumanlarida oʻquv seminarlari davom etmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati