Home / YANGILIKLAR / MARKAZ ILMIY SALOHIYATI YUKSALISHDA DAVOM ETMOQDA

MARKAZ ILMIY SALOHIYATI YUKSALISHDA DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga asosan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Otabek Bozorovich Muhammadiyev va Mehrojiddin Oʻzbekovich Amonovga 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Mehrojiddin Omonovni yangi ilmiy martabaga erishgani munosabati bilan qizgʻin muborakbod etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …