Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibot guruhlari bugun “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida joylarda aholining turli qatlamlari vakillari bilan tashkil etilayotgan turkum uchrashuvlar doirasida 18 avgust kuni Samarqand viloyatining Toyloq va Urgut tumanlarida boʻldi.
Toyloqdagi “Charogʻbon”, “Sochak”, “Shopoʻlot”, “Talli ota”, “Vorsin”, “Baxshitepa” va “Bogʻizogʻon” MFYlarida oʻtgan tadbirlarda tinchlik qadri, bagʻrikenglikning millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi ahamiyati, islom dinidagi ezgulik va insoniylik gʻoyalari, yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mohiyati haqida soʻz bordi.
Urgut tumanidagi “Quyi Algʻar”, “Chorchinor”, “Soʻfiyon”, “Xoʻjaguzar”, “Soy Gʻoʻs”, “Soyguzar” va “Gʻoʻs” MFYlarida maʼruzachilar ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlariga atroflicha toʻxtaldi.
Viloyat boʻylab targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati